tgoop.com/itspecuz/6317
Last Update:
#mulohaza_uchun #maslahat
⏱ Taym menejment bo‘yicha 3 maslahat (1-qism)
1️⃣. Umuman olganda nima uchun kechikayotganingizni aniqlang
Unda-bunda sodir bo‘ladigan kechikishlar hisobga olinmaydi: bu hamma bilan sodir bo‘ladi. Ammo agar kechikishlar umumiy bir tizimga aylanib ulgurgan bo‘lsa, buni o‘z vaqtida jiringlamagan budilnik yoki kechikib kelgan avtobus bilan bog‘lay olmaysiz. Ehtimol, muammo yana ham tubroqda joylashgandir.
2️⃣. Oldinroq tayyorgarlik ko‘ring
Bolaligimizda ota-onamiz ertangi kun oldidan kechki payt ryukzak va kiyimlarimizni tayyorlashni bizga qanday o‘rgatganliklarini eslaysizmi? Kun boshida bajarilishi majburiy bo‘lgan ishlar qancha kam bo‘lsa, rejadan tashqari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar uchun vaqt ajratish shuncha oson bo‘ladi.
3️⃣. Vaqtingiz nima uchun sarflanayotganini aniqlang
Taymer bilan qurollaning va hafta davomida tayyorgarlik ko‘rish va yo‘l uchun umuman olganda qancha vaqt sarflayotganingizni belgilab boring. Bu muntazam bajarilib keluvchi amallarning o‘rtacha davomiyligini aniqlash uchun qo‘l keladi. Bunday ma’lumotlar bilan bir kunlik jadvalni tuzish va ishga o‘z vaqtida ulgurish uchun aslida qaysi vaqtda uyg‘onish lozimligini taxmin qilish siz uchun osonroq bo‘ladi.
Ushbu postning 2-qismi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
• Yangi start!
• O‘qish vaqtida diqqatni jamlash bo‘yicha maslahatlar
• Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
• Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6317