tgoop.com/itspecuz/6318
Last Update:
#excel
📅 Oddiy ko‘rinishda yozilgan sanani qanday qilib oy nomlanishi ko‘rinishiga keltirish mumkin?
Faraz qilamiz, oddiy sanani oy nomlanishiga o‘girish lozim, biroq bu jarayonning qo‘lda bajarilishi juda ko‘p vaqt talab etadi. Buning uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajarilishi maqsadga muvofiqdir:
— 1-qadam
Oy nomlanishiga o‘girilishi lozim bo‘lgan sanalardan iborat yacheykalar diapazonini belgilang.
— 2-qadam
“Формат ячеек” muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun CTRL
+
1
klavishlari birikmasini bosing va “Число” varaqa (вкладка)sida “Числовые форматы:” bo‘limi ostidagi ro‘yxat so‘ngida joylashgan (все форматы) bandiga o‘ting.
— 3-qadam
“Тип:” maydonida ММММ
'ni kiriting. Agar sizga shuningdek kunni saqlash talab etilsa — xuddi shu satrda ikki parametrni nuqta bilan ajratgan holda boshiga ДД
'ni kiriting.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6318