tgoop.com/itspecuz/6430
Last Update:
#word
🔤 O‘z matn uslubimizni yaratamiz va sozlaymiz
Word dasturida o‘z matn uslubingizni yaratish uchun menyu satrining Главная → Стили bandlari bo‘ylab o‘ting. Ochilgan menyuda Создать стиль tugmasini tanlang, kerakli uslub nomini ko‘rsating va Изменить'ni bosing.
Ochilgan oynada shriftning rang, o‘lchami, bezatilishi (Полужирный, Курсив, Подчёркнутый va hkz.) va boshqa matn parametrlarini ko‘rsatib o‘ting. Uslubni kolleksiyangizga saqlash uchun, xohishga ko‘ra Добавить в коллекцию стилей bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatib ketishingiz mumkin.
Shuningdek siz matnda uchragan va sizga ma’qul kelgan uslubni ilgari yaratgan uslubingizga nisbatan qo‘llash, ya’ni uning tarkibini yangilash istagini bildirsangiz, ushbu matn fragmentini belgilashingiz, menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi yaratilgan uslubingiz ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosishingiz va ochiluvchi menyudan Обновить в соответствии с выделенным фрагментом bandini tanlashingiz mumkin.
📝 Manba: @hacks_office
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6430