tgoop.com/itspecuz/6439
Last Update:
#operatsion_tizim
🔄 Windows'ga yangilanishlar kelib tushishi (Windows Update)ni faollashtirish
Windows'ning yangilangan fayllari foydalanuvchiga Центр обновлений yordamida kelib tushadi. Ushbu opsiya Microsoft'ning rasmiy saytidan yangi paketlar mavjudligini avtomatik ravishda tekshiradi, ularni yuklab oladi va kompyuterga o‘rnatadi.
Agar oldinroq u yoki bu sabablarga ko‘ra (ko‘pchilik buni Internet trafigini tejash uchun, ba’zilar esa tizimning joriy ishlashi ularga ma’qul bo‘lib, yangilanishlar tufayli sekinlashib qolishini oldini olish uchun faolsizlantiradi) yangilanishlar kelib turishi opsiyasini o‘chirib qo‘ygan bo‘lib, hozir esa uni faollashtirish istagida bo‘lsangiz, u holda buni keltirilgan ushbu usullardan biri yordamida amalga oshirishingiz mumkin.
1️⃣. Командная строка (Buyruq satri)ni administator nomidan ishga tushiring va uning oynasida quyidagi buyruqni bajaring: net start wuauserv
.
2️⃣. CTRL
+ SHIFT
+ ESC
klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Службы (Xizmatlar) oynasida alfavit tartibida wuauserv'ni izlab toping, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan Запустить bandini tanlang.
📝 Manba: @pcTeapot
📌 P.S.: Shaxsiy kompyuter yoki noutbukingizda Windows Update opsiyasidan foydalanib kelasizmi?
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
• Windows 10'da yangilanishlarni qanday qilib vaqtinchalik to‘xtatib turish mumkin?
• Windows Update haqida qiyosiy hazil
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6439