tgoop.com/itspecuz/6518
Last Update:
#operatsion_tizim #maslahat
🗂 Рабочий стол'imizda 5 daqiqada shaffof (ko‘rinmaydigan) papka yaratamiz
Agar ushbu maqolamizga muvofiq Рабочий стол (Ishchi stol)ingizdagi ma’lumotlarni D diskida saqlanadigan qilib sozlab olgan bo‘lsangiz, endi unda ma’lumotlarni qo‘rqmasdan saqlayversangiz bo‘ladi.
Tizim ma’lum sabablarga ko‘ra buzilib qolib, ishga tushmay qolgan taqdirda ham siz C diskini formatlab, unga yangi tizimni o‘rnatasiz, D diskidagi ma’lumotlaringiz esa saqlanib qoladi! (bu ham sizning ehtiyotkorligingizga boq‘liq, albatta!) 😉
Endi Ishchi stolida doimiy qo‘llab keladigan fayllaringizni shaffof (ko‘rinmaydigan) papkada saqlasangiz ham bo‘ladi, buni amalga oshirish qadamlari bilan tanishamiz:
1️⃣. Shaffof ikonkani yuklab olamiz.
2️⃣. Ishchi stolida yaratilgan (CTRL
+
SHIFT
+
N)
papkani ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyu ostidagi “Свойства” bandini tanlaymiz.
3️⃣. Ochilgan muloqot oynasida papkaning nomini belgilab, ALT
klavishini bosib turgan holda klaviaturaning raqamli blokida 255
'ni kiritish orqali ko‘rinmas probelni hosil qilamiz va barmog‘imizni ALT
klavishidan olamiz.
4️⃣. Ushbu oynaning o‘zida “Настройка” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz → oyna ostidagi “Сменить значок” tugmasiga bosamiz → oynaning yuqori o‘ng burchagidagi “Обзор” tugmasiga bosamiz → yuklab olingan ikonka joylashgan manzilni ko‘rsatamiz.
📎 Tayyor! Endi papkaning rasmi (ikonkasi) shaffof bo‘ladi va uni hech kim ko‘rmaydi! Biroq shuni inobatga olish lozimki: Ishchi stolidagi barcha elementlar belgilanganida (CTRL
+
A)
papka sezilib qolishi mumkin.
Mayli, hechqisi yo‘q, hech bo‘lmaganda sizni “xaker” deb hisoblab, “Buni qanday qilding?” deb qiziquvchilar ortadi! 😉
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6518