tgoop.com/itspecuz/6573
Last Update:
#excel
🔓 Muayyan yacheykalardan himoyani olib tashlash
Agar sizda u-bu kimga foydalanish uchun hujjat yuborish zarurati bo‘lsa-yu, qabul qiluvchi faqat muayyan yacheykalarnigina tahrirlashi mumkin bo‘lishi zarur bo‘lsa, u holda quyidagi tartibga amal qilasiz:
📎 Namuna uchun ushbu faylni ochib, gap nima haqida borayotganini tushunib olishingiz mumkin.
— 1-qadam
Tahrirlash uchun ruxsat berilishi lozim bo‘lgan yacheykalar diapazonini belgilang.
— 2-qadam
Belgilangan diapazon ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, Формат ячеек → Защита bandlari bo‘ylab o‘ting va Защищаемая ячейка bandidan qushcha belgisini olib tashlang.
— 3-qadam
Istalgan qulay usul yordamida listni himoyalang (masalan, Рецензирование → Защитить лист).
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Excel sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash
• Excel dasturida yacheyka uchun maxsus tanlanadigan ro‘yxat yaratish (Создание выпадающих списков)
• Microsoft Excelda Автозаполнение yordamida ro‘yxat tuzish va undan foydalanish bo‘yicha
• Kerakli listga tezkor o‘tish
• Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6573