tgoop.com/itspecuz/6621
Last Update:
#operatsion_tizim
🔧 Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
Agar fleshkani kompyuterga ulab, unga murojaat etish chog‘ida “Вставьте диск в устройство” xabariga duch kelsangiz, boz ustiga formatlash jarayoni ham muvaffaqiyatsiz yakunlansa, fleshkani axlat qutisiga uloqtirishga shoshilmang.
Ushbu PowerShell buyruqlari fleshkangizni hayotga qaytarishda yordam beradi:
1️⃣. PowerShell'ni vazifalar panelidagi qidiruv satri orqali toping va uni administrator nomidan ishga tushiring (ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Запуск от имени администратора” bandini tanlaysiz).
2️⃣. Get-Disk
buyrug‘ini bajarib, fleshkamiz raqamini aniqlaymiz va eslab qolamiz.
3️⃣. Fleshkani tozalash uchun Get-Disk 2 | Clear-Disk -RemoveData
buyrug‘ini kiritamiz. Asosiysi, “2
”ni sizdagi fleshka raqamiga o‘zgartirishni unutmang❗️
4️⃣. Harakatni tasdiqlash uchun “Y
”ni kiritamiz.
5️⃣. New-Partition -DiskNumber 2 -UseMaximumSize | Format-Volume -FileSystem NTFS -NewFileSystemLabel myUSBdisk
buyrug‘ini bajaramiz, bu yerda “2
” — disk (fleshka) raqami, “myUSBdisk
” esa — fleshka uchun berilayotgan yangi nomlanish.
6️⃣. Fleshka harfini tayinlash uchun “2
”ni disk (fleshka) raqamiga o‘zgartirgan holda – Get-Partition -DiskNumber 2 | Set-Partition -NewDriveLetter F
buyrug‘ini bajaramiz.
📝 Manba: @tech_lifehacks
📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan harakatlarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bajaring, ayniqsa fleshka raqamini to‘g‘ri kiritish bu yerda muhimdir!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6621