tgoop.com/itspecuz/6641
Last Update:
#operatsion_tizim
📀 Mustaqil ravishda Windows 10 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish — rasmiy usul
Ilgari, yuklanuvchi va o‘rnatuvchi fleshkalar kamdan-kam uchrardi va ularni asosan kompyuter ustalari yoki dasturchilar / tizim administratorlarining qo‘lida ko‘rish mumkin edi. Agar ilgari Microsoft hattoki Windows XP obrazini yuklab olishga ruxsat bermagan bo‘lsa, bugungi kunda yuklanuvchi fleshkalarni yaratishning juda ko‘p usullari mavjud. Shu jumladan Microsoft'ning o‘zi ham ushbu imkoniyatni taqdim etmoqda.
Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Internetga barqaror ulanish, diskda yetarli joy va 5 Gb'dan kam bo‘lmagan hajmdagi bo‘sh fleshkamiz mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
2️⃣. Media Creation Tool yordamchi dasturini Microsoft'ning rasmiy saytidan, “Скачать средство сейчас” katta ko‘k tugmasini bosish orqali yuklab olamiz.
3️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushiramiz va “Создать установочный носитель”ni tanlaymiz.
4️⃣. Agar Windows'ni joriy kompyuterga o‘rnatish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, “Использовать рекомендуемые параметры для этого компьютера”ni tanlaymiz. Yoki boshqa kompyuterga mos keluvchi parametrlarni kiritamiz.
5️⃣. “USB-устройство флэш-памяти”ni tanlaymiz, mavjud qurilmalar ro‘yxatidan kerakli saqlash qurilmasini ko‘rsatamiz va tanlovimizni tasdiqlaymiz.
6️⃣. Fayllar bilan amaliyotlar tugallanishini kutamiz — so‘ngra dastur barchasini o‘zi bajaradi.
Barchasi shulardan iborat. Toza Windows 10 bilan legal o‘rnatiluvchi fleshka foydalanish uchun tayyor!
📝 Manba: @tech_lifehacks
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6641