tgoop.com/itspecuz/6643
Last Update:
#operatsion_tizim
⌨️ Проводник (Этот компьютер, Мой компьютер) oynasini ikki klavishani bosish orqali ishga tushiramiz
Biz Проводник oynasidan tez-tez foydalanamiz. Windows 10'da bu oyna ko‘pincha ishchi stolidagi Этот компьютер belgisi orqali ekranga chaqiriladi, bu belgi qoida bo‘yicha ishchi stolida joylashmagan bo‘ladi, uni Рабочий стол'ga joylashtirish haqidagi tavsiyamiz bilan tanishishingiz mumkin.
Проводник oynasini ekranga chaqirish uchun har doim sichqoncha bilan ovora bo‘lib o‘tirmasdan, ikki klavishlar birikmasini eslab qolish ishimizni ancha tezlashtirishi mumkin: WIN
+
E
.
Bu usulning afzalligi shundaki, vazifalar panelidagi Пуск menyusiga murojaat etish yoki ishchi stoliga o‘tish uchun barcha ochilib turgan oynalarni vazifalar paneliga tushirish uchun sichqonchani o‘nlab marotaba bosib o‘tirishga hojat bo‘lmaydi.
📝 Manba: @computer_life
📌 P.S.: WIN
+
E
orqali ochiluvchi oynani Этот компьютер belgisi orqali ochiluvchi oyna bilan bir xil ko‘rinishga keltirish uchun, ushbu postimizdagi ko‘rsatmalarga amal qilishni tavsiya etamiz.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6643