tgoop.com/itspecuz/6685
Last Update:
#excel
🔗 Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?
Excel'da istalgan formulani kiritish chog‘ida, ma’lumot o‘rnida istalgan yacheyka (katakcha) manzilini, u hattoki hujjatning boshqa listida joylashgan taqdirda ham ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.
Bunday holatda yacheyka manzili (A2)
ni ko‘rsatish oldidan shunchaki listning nomlanishi va undov belgisi (Лист2!)
ni kiritib o‘ting. Masalan, Лист2!A2
.
Agar listingiz nomlanishida probel mavjud bo‘lsa, list nomini bittalik qo‘shtirnoq orasiga olib, so‘ngra undov belgisini kiritish lozim. Masalan, 'Daromad va xarajat'!F2
.
Bunday formula odatdagisidan farq qilmaydi: alohida listda yacheyka qiymati o‘zgartirilishiga qarab, qo‘shni listda qo‘llanilgan formula qiymati avtomatik o‘zgaradi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6685