tgoop.com/itspecuz/6819
Last Update:
#mulohaza_uchun #maslahat
🔍 Asaxiy.uz internet-do‘koni va Asaxiy Books loyihasi asoschisi tadbirkor Firuz Allayevdan: “Izlanishning muhimligi haqida” post
Tez-tez elektron pochtaga biznes haqida savollar keladi. Imkon darajasida javob beraman. Savol bergan odamni to‘g‘ri tushunaman, chunki o‘zimizda ham ko‘p savol va muammolar tug‘iladi.
Ularga qanaqa qilib javob topishim haqida sizga aytib beraman. Demak, men yechimini topolmaydigan muammo paydo bo‘ldi. Avvalo, muammoga duch kelgan birinchi inson emasligim aniq. Unga mengacha duch kelishgan va kimdir tajribasini internetda bo‘lishgan. Demak, o‘sha joyni qidiraman.
1️⃣. Google, Youtube, Quora yoki boshqa xizmatlardan poisk beraman. Minglab manba kelib chiqadi. Kamida 10 ta maqolani o‘qib ko‘raman. Hatto tushimga kirmagan oson yechimlar topiladi.
2️⃣. O‘sha mavzuda eng zo‘r kitoblarni o‘qiyman. Maqola muammoga to‘liq kirishish imkonini bermadi yoki mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchiman. Shu holatda mavzu yuzasidan kitob o‘qib chiqaman.
3️⃣. Trening yoki pullik kurs sotib olaman. Birinchi ikkita resurs hech qanaqasiga yordam bermadi, bu holatda pullik kurs yoki trening sotib olaman. Bunaqasi 7 yillik faoliyatda faqat bir marta bo‘ldi.
4️⃣. Meni qiynagan muammo yoki savolga javobni shu uchta yo‘l bilan topolmadim. Shunda shu sohaning eng zo‘r mutaxassisiga aloqaga chiqaman va undan so‘rayman.
Xullas, izlanganga tole yor. Biznes qilish jarayonida muammolar va savollar bo‘lishi tabiiy. Qo‘l siltab yoki kimdir kelib muammoni hal qilib berishini kutganlar kutib o‘tiraveradi. Harakat qilish, izlanish odamni oldinga ketishiga sabab bo‘ladi.
Izlanishdan to‘xtamang.
📌 P.S.: Yuqoridagi to‘rtta narsani faqat biznes emas, xohlagan o‘rganish jarayoniga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi.
📝Manba: @allaevuzb
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6819