tgoop.com/itspecuz/6837
Last Update:
#telegram #security
🆕🔐 Telegram foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilishning yangi tizimini joriy etmoqda
Navbatdagi yangilanishda messenjer avtorizatsiyadan o‘tish tizimini o‘zgartiradi. Sxemaning prinsipi shundan iboratki, ilovaga kirishda akkaunt bilan bog‘langan raqamga muayyan telefon raqamidan qo‘ng‘iroq qilinadi va foydalanuvchi ushbu kelib tushgan raqamdan bir nechtasini kiritishi lozim bo‘ladi. Yangi tizim eskisining o‘rnini to‘liq egallamaydi, faqat ayrim mobil qurilmalarga nisbatan joriy etiladi.
Bundan tashqari, navbatdagi yangilanishlarda Telegram ilovasi tomonidan foydalanuvchi avval tizimga kirgan akkauntni eslab qolish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Bu vaqtni sezilarli darajada tejash va foydalanuvchi tomonidan esa faqat ikki faktorli autentifikatsiya parolini kiritish orqali tizimga kirish imkonini beradi.
Ushbu qadamning ehtimoliy sabablaridan biri — loyiha ehtiyojlarini qoplash uchun pulni tejashdir, chunki SMS orqali foydalanuvchini verifikatsiya qilish (ya’ni tekshirish) kompaniya umumiy mablag‘laridan chorak qismi atrofidagi mablag‘ni talab etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SMS orqali avtirizatsiyadan o‘tishni shaxsiy kompyuterlar uchun Telegram mijozlaridan va Telegram'ning brauzer uchun versiyalaridan olib tashlangan edi.
📝 Manba: @tginfo
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6837