tgoop.com/itspecuz/6879
Last Update:
#word
📄 Faqat chop etish jarayonida ko‘rinuvchi yashirin bo‘sh sahifani qo‘shish
Hujjatlarni sahifa varag‘ining ikki tomonida chop etish – bu odatiy vazifalardan biridir. Agar bunday faylda titul sahifasi/muqova bo‘lsa, ko‘p hollarda uning ortida hech narsa chop etilmasligi talab etiladi. Buning uchun titul sahifasi va asosiy matn orasiga qo‘shimcha bo‘sh sahifa qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu yerda esa biroz ayyorlik qo‘llashimiz mumkin.
Muqovaning ortidan sahifalarni ajratuvchi “Нечетная страница”ni qo‘shamiz. Vizual ravishda faylda hech narsa o‘zgarmaydi – titul sahifasi va asosiy matn o‘rtasida bo‘sh sahifalar bo‘lmaydi. Biroq ikki tomonlama chop etishda muqova orti bo‘shligicha qoladi. Asosiy matn esa keyingi sahifadan boshlanadi.
📝 Manba: @office_killer
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6879