tgoop.com/itspecuz/6892
Last Update:
#operatsion_tizim
🔴 Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Bunda bizga BAT-fayllari yordamga keladi. Konsol oynasi (qora ekrandagi oq yozuvdagi satrlar)da teskari tartibda hisoblash boshlanib, buyruq ishga tushishi oldidan to‘xtalib turish vaqtini belgilashda timeout /t 120 /nobreak buyrug‘i qo‘llaniladi, bu yerda 120 – buyruq ishga tushishi oldidan teskari tartibda hisoblanuvchi soniyalar (2 daqiqa) miqdoridir.
Xo‘sh, bu qachon kerak bo‘lishi mumkin?
Masalan, siz tunda davomiyligi bir yarim soatlik film tomosha qilyapsiz deylik. U tugallanguniga qadar uxlab qolishingiz mumkin yoki tugaganidan so‘ng kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish uchun sizda issiq o‘rningizni sovutish istagi yo‘q deylik. Ushbu maqsad uchun Блокнот dasturi (WIN
+
R
->
notepad
->
ENTER
) yordamida quyidagi matn bilan oddiy BAT kengaytmasi bilan tugaydigan (masalan, command.bat) faylni yaratasiz va uni bevosita filmni tomosha qilish oldidan ishga tushirasiz:timeout /t 5400 /nobreak
rundll32 powrprof.dll,SetSuspendState 0,1,0
5400 soniya (1s 30daq)dan keyin gibernatsiya buyrug‘i ishga tushadi.
❌ Buyruq ishga tushganidan so‘ng uni bekor qilish istagida bo‘lsangiz, konsol oynasi faol turgan vaziyatda CTRL
+
C
klavishlari birikmasini bosasiz, va Y
harfini kiritib ENTER
'ni bosasiz.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6892