tgoop.com/itspecuz/6915
Last Update:
#bilasizmi #operatsion_tizim #maslahat
↔️ Windows'da ekranni qaynoq klavishlar yordamida ikkiga ajratamiz
Kompyuterdan foydalanuvchilarga tanish bir muammo bor: ba’zida bitta ekranning o‘zi kamlik qiladi: ikki va undan ortiq sonli qo‘shimcha oynalar ochib ishlashga to‘g‘ri keladi. Har bir oyna o‘lchamini qo‘lda sozlab chiqish, sichqoncha yordamida bir-biriga moslashtirish... Yoqimsiz jarayon. Bundan qutulishning juda oson yo‘li bor.
Windows operatsion tizimida ochilgan oynani ekranning kerakli qismida joylashtirib beruvchi Snap funksiyasi bor. U oynaning eni va bo‘yini avtomatik ravishda to‘g‘rilab beradi. Keling, buni parallel ishlab turgan va siz bir paytda ko‘rishni xohlagan brauzer va Word hujjati misolida ko‘rib o‘tamiz.
Birinchidan, brauzer oynasiga o‘tib, ushbu klavishlar birikmasi: WIN
+
←
(chapga yo‘naltirilgan strelka)ni bosing. Windows avtomatik ravishda brauzer oynasi enini qoq yarmiga o‘zgartirib, uni ekranning chap qismiga suradi.
Ikkinchidan, o‘zingizga kerakli yana bir oynani tanlaysiz (bizning misolda bu Word hujjati) va WIN
+
→
(o‘ngga yo‘naltirilgan strelka)ni bir paytda bosasiz. Shundan so‘ng yuqoridagi kabi o‘zgarishga uchragan Word hujjati brauzerning o‘ng tomonidan o‘rin oladi.
Oynalar kengligini esa xuddi planshetlardagi singari, umumiy chegarani harakatlantirish orqali keraklicha ko‘rinishga keltirish mumkin.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6915