tgoop.com/itspecuz/6969
Last Update:
#excel
📆 Ishchi kunlar bo‘yicha avtoto‘ldirish
Agar sana kiritilgan yacheykaning pastki o‘ng burchagidagi qora kvadratchali markerni tutgan holda, kursor pastga qarab tortilsa, haftaning shanba va yakshanba kunlarini ham o‘z ichiga oluvchi sanalar ro‘yxati yuzaga keladi.
Sanalar ro‘yxatini shakllantirish paytida dam olish kunlarini qoldirib ketish uchun, belgilangan sohaning pastki o‘ng burchagida odatiy yuzaga keluvchi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi Параметры автозаполнения bandi ustiga bosing.
Ushbu menyudan siz oylar va yillar bo‘yicha to‘ldirishni, shuningdek faqatgina qiymatlar va formatlar bo‘yicha formatlashni tanlashingiz mumkin👇🏻🖼.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Excel dasturida Avtoto‘ldirish (Автозаполнение) imkoniyatidan foydalanish
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6969