tgoop.com/itspecuz/6972
Last Update:
#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash
📄👉🏻🖼 PDF fayllaridan rasmlarni tezkor ajratib olish (1-usul)
PDF hujjatidan rasmlarni PDF-muharrir orqali yoki har bir rasmning skrinshotini hosil qilgan holda ajratib olish mumkin. Bepul muharrir, odatda, bunday funksiyaga ega bo‘lmaydi, skrinshotlar esa rasmning asl sifatini ancha pasaytiradi.
Biroq tashvishlanishga hojat yo‘q — Photoshop ushbu vazifani juda yaxshi uddalaydi:
1️⃣. Photoshop dasturini ishga tushirgan holda, uning menyu satrida “Файл” → “Открыть” bandlari bo‘ylab o‘tamiz.
2️⃣. Kerakli PDF faylini tanlaymiz.
3️⃣. Ochilgan “Импорт PDF” oynasida “Изображения” bo‘limini faollashtiramiz.
4️⃣. Ajratib olish lozim bo‘lgan rasmlarni SHIFT
klavishini bosib turgan holda belgilab olib, “OK” tugmasini bosamiz.
5️⃣. Shundan so‘ng Photoshop har bir rasmni yangi varaqa (вкладка)da ochadi, shunchaki ularni kerakli format va joyga saqlaymiz.
📝 Manba: @tech_lifehacks
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/6972