tgoop.com/itspecuz/7001
Last Update:
#excel
🖨 Yacheykalardagi qoldirilgan izohlarni chop etish
Excel'da yacheykalarga kiritilgan ma’lumotlarni chop etishda ular ortida qoldirilgan izohlar inobatga olinmaydi, ammo buni uddalashning 2 usuli mavjud.
Buning uchun menyu satrining Разметка страницы varaqa (вкладка)siga o‘tish, Параметры страницы bo‘limining o‘ng pastki burchagidagi strelkacha ustiga bosish va ochilgan shu nomli muloqot oynasida Лист → Примечания (и заметки) bandlari bo‘ylab o‘tish lozim.
Ushbu bosqichda siz ochiluvchi ro‘yxatdagi quyidagi ikki band orqali izohlarni qanday chop etish lozimligini tanlashingiz mumkin: В конце листа (izohlar sahifaning oxirida yoki alohida sahifada chop etiladi) yoki Как на листе (только заметки).
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7001