tgoop.com/itspecuz/7071
Last Update:
#operatsion_tizim
🗃 Istalgan papka asosida virtual disk yaratishSUBST
buyrug‘i virtual disk yaratish imkonini beradi, unda buyruqda keltirib o‘tilgan fayl tizimi katalogi (papkasi) tarkibi ko‘rinib turadi.
Soddaroq qilib aytganda biz ishchi stoli yoki Пуск menyusi orqali ishga tushiriluvchi Этот компьютер (WIN
+
E
) oynasiga, oldindan ko‘rsatib o‘tilgan katalog (papka) tarkibini aks ettiruvchi diskni qo‘shishimiz mumkin.
Buning uchun Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring (Пуск'ning qidiruv satriga cmd
so‘rovini kiritib, CTRL
+
SHIFT
+
ENTER
klavishlari birikmasi bosiladi).
Virtual diskni ulash uchun SUBST
X:
papka_manzili
buyrug‘ini bajaring. Buyruqdagi X
'ning o‘rnida disk uchun tizimdagi istalgan boshqa bo‘sh harfni keltirish mumkin.
Agarda papka manzilini keltirishda, uning nomlanishida probellar mavjud bo‘lsa, u qo‘shtirnoqlar orasiga olinadi (probelsiz nom bo‘lgani afzal).
Virtual diskni o‘chirib qo‘yish uchun SUBST
X:
/D
buyrug‘idan, barcha virtual disklar ro‘yxatini chiqarish uchun esa – SUBST
buyrug‘idan foydalaning.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Tizimdagi disk harfini o‘zgartiramiz
• Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7071