tgoop.com/itspecuz/7174
Last Update:
#operatsion_tizim #security
👀 Fayllarni berkitish va berkitilgan fayllarni ko‘rsatish
Ishimizda qo‘llaydigan fayllar va papkalardan tashqari, tizim tomonidan berkitilgan elementlar ham mavjuddir. Ushbu postimizda har qanday ma’lumotlarni qiziquvchan ko‘zlardan berkitish, shuningdek berkitilgan fayllarni ko‘rinadigan qilib sozlash xususida to‘xtalib o‘tamiz.
1️⃣. Fayllar yoki papkalarni berkitish uchun ularning xususiyatlari oynasida Скрытый atributini qo‘llash lozim bo‘ladi. Buning uchun kerakli elementning Свойства muloqot oynasini oching (ALT
+
ENTER)
. Ochilgan oyna ostidagi Атрибуты bo‘limida Скрытый bandini faollashtiring, OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang, tayyor!
2️⃣. Berkitilgan elementlar ko‘rinib turishini sozlash uchun Панель управления'ni ishga tushiring (WIN
+
R
→ control
→ ENTER)
. Ochilgan oynada Параметры проводника bo‘limiga o‘ting (yoki WIN
+
R
→ control
folders
→ ENTER)
. Ochilgan muloqot oynasining Вид varaqa (вкладка)sida – berkitilgan fayllarni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik kabi bandlardan birini tanlash orqali faollashtiring, OK tugmasini bosib, ushbu o‘zgartirishni saqlang, tayyor!
Windows 10/11 uchun papka parametrlarini istalgan ishga tushirilgan Проводник oynasi orqali chaqirish mumkin. Buning uchun oyna yuqorisidagi menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘tib, Параметры tugmasiga bosiladi.
📌 P.S.: Oddiy foydalanuvchilar shunchaki Total Commander dasturining qadriga yetishmaydi. Virus tufayli berkinib qolgan fayl va papkalarni Windows'dagi Проводник dasturi ko‘p holatlarda ko‘rsatib bera olmaydi, Total Commander esa doim ushbu ma’lumotlarni (agar ular chindan ham fleshkada va berkitilgan holatga o‘tib qolgan bo‘lsa) doim ko‘rsatib kelgan.
Total Commander'da berkinib qolgan fayllarni ko‘rsatish uchun tartib: Yuqoridagi menyuda satridagi Вид → Расширенные настройки (birinchi turadi) → Показывать скрытые и системные файлы: вкл/выкл (ro‘yxatda pastdan beshinchi, sariq undovchali belgisi bor).
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tizimdagi berkitilgan elementlarni ko‘rsatish
• Windows'da berkitilgan faylni yaratish
• Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin?
• Vazifalar panelida ishga tushurilgan dasturlar belgilariga tegishli yozuvlarni chiqarish/berkitish
• Ekrandagi ochilib turgan ilova/o‘yin oynasini bir zumda berkitamiz
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar
• Windows uchun Fences dasturi
• "Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
• Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
• Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
• Excel jadvalidagi xatoliklar va nollarni qanday berkitish mumkin?
• Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish
• Excel'da ishchi kitobi tuzilmasini himoyalash
• Berkitilgan ustunlardagi ma’lumotlar hisob-kitoblarda qatnashadimi? (Excel, test)
• Qaysi klavishlar birikmasi yordamida belgilangan ustunlarni berkitish mumkin? (Excel, test)
• Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida setkani ko‘rsatish / berkitish mumkin? (Test)
• Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin?
• Hujjatdagi matnni qanday berkitish mumkin?
• Guruhlardagi anonim administratorlar
• Spoyler formatlanishi
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7174