ITSPECUZ Telegram 7196
#smartfon #android #maslahat

🔙 Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish

Ba’zida qurilmamizning ichki xotirasida to‘plangan axlatlar shunchalik ortib ketadiki, ulardan to‘liq xalos bo‘lish shunchaki imkonsiz bo‘ladi. Bu asosan Android-smartfonning anchadan buyon qo‘llanilayotgani bilan bog‘liqdir. Bir yilning o‘zida smartfonda juda katta miqdorda tizim axlatlari to‘planadi, Android uchun yaratilgan turli cleaner ilovalar bunda yordam bera olmay qoladi. Bunda eng to‘g‘ri yechim — qurilmani zavod sozlamalariga qaytarish hisoblanadi.

Android'dagi sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklash

1️⃣. Dastlab “Настройки” menyusiga, so‘ngra undagi “Восстановление и сброс” bo‘limiga o‘ting.

2️⃣. Agar sizda “Сброс настроек” (Reset Settings) opsiyasi mavjud bo‘lsa — bu sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklashingiz mumkinligini anglatadi. Agarda sizda “Сбросить телефон” (Reset phone) deb yozilgan bo‘lsa, u holda shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi.

3️⃣. Ko‘p hollarda dastlabki variant qo‘llaniladi, shuning uchun sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib olishingiz lozim bo‘ladi.

Sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish

Maʼlumotlarni yoʻqotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashni istasangiz, Gmail qayd yozuvi (akkaunt)ingiz bilan sinxronizatsiyani albatta faollashtiring:

1️⃣. Qurilmangizning “Настройки” bo‘limidagi “Учетные записи Google” bandiga o‘ting.

2️⃣. Google serverlarida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtiring, masalan, kontaktlar, ilovalar, hujjatlar va boshqalar.

3️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting. “Последняя синхронизация...” va uning qachon amalga oshirilgani haqidagi xabarni ko‘rasiz.

4️⃣. Shuningdek fotosurat, video va boshqa ma’lumotlarni ham sinxronizatsiya qilish tavsiya etiladi.

5️⃣. Qurilmangizni zavod sozlamalariga qaytarish jarayonini boshlang.

6️⃣. Sozlamalar bilan bog‘liq jarayon yakunlanib, smartfon qayta yuklanganidan so‘ng, sizga Google-akkauntingiz yordamida avtorizatsiyadan o‘tish tavsiya etiladi. Wi-Fi tarmog‘iga ulaning, shundan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz qurilmangizga qaytariladi.

7️⃣. Shuningdek sozlamalar qayta tiklanganidan so‘ng qaytarilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtirish uchun yana “Настройки”“Учетные записи Google”ga murojaat etishingiz mumkin.

8️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting.

📌 P.S.: Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashning yana bir usuli, bu muhim fayllarni SD-xotira kartasiga, kompyuterga yoki bulutli xotira papkasiga saqlashdir.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

tgoop.com/itspecuz/7196
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7196

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

“[The defendant] could not shift his criminal liability,” Hui said. With the “Bear Market Screaming Therapy Group,” we’ve now transcended language. With the sharp downturn in the crypto market, yelling has become a coping mechanism for many crypto traders. This screaming therapy became popular after the surge of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May or early June. Here, holders made incoherent groaning sounds in late-night Twitter spaces. They also role-played as urine-loving Goblin creatures. Polls For crypto enthusiasts, there was the “gm” app, a self-described “meme app” which only allowed users to greet each other with “gm,” or “good morning,” a common acronym thrown around on Crypto Twitter and Discord. But the gm app was shut down back in September after a hacker reportedly gained access to user data.
from us

Telegram IT specialist
FROM American