tgoop.com/itspecuz/7198
Last Update:
#security #maslahat
🔐 Kurbanoff.net'dan parollar xavfsizligiga oid tavsiya
Darvoqe, agar siz Google Chrome'ning parollar saqlash imkoniyatidan foydalansangiz, u holda Google'da parollaringiz xavfsizligini tekshiruvchi ajoyib vosita mavjud. Uni brauzer sozlamalaridagi Защита аккаунта bo‘limidan topish mumkin.
Umuman olganda, bunday turdagi saqlashdan foydalanishni tavsiya etmayman, Google shunaqasiga ham biz haqimizda ancha-muncha narsani biladi, biroq unga ushbu ma’lumotlarni o‘z qo‘llarimiz bilan topshib qo‘yish yaramaydi :)
📌 P.S.: Skrinshotdagi 171 sayt va ilovalar haqida berilgan savolga javobim — men u yerda faqat notanqidiy manbalar – faqatgina o‘qish uchun murojaat etadigan turli forumlarni saqlayman. Biroq unutmang, parollar takrorlanmasligi lozim (ya’ni muayyan xizmatdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida qo‘llanilgan parolni boshqa biror xizmat uchun qo‘llamang)👇🏻🖼.
📌 P.S.S.: Yaxshisi parollarni shakllantirish va saqlash uchun maxsus dasturlardan foydalangan ma’qul, biroq shunda ham ma’lumotlar bulutli xotirada emas, balki o‘z qurilmangizda saqlash sharti bilan albatta!
ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7198