tgoop.com/itspecuz/7230
Last Update:
#smartfon #maslahat
📱 Xarid qilish oldidan ikki smartfonni barcha xususiyatlari bo‘yicha vizual solishtirish
Smartfon xususiyatlari bo‘ylab mustaqil ravishda o‘tib ko‘rish mumkin, albatta — chunki ularning tavsifi odatda batafsil keltiriladi. Biroq ularni unchalik tushunmagan taqdiringizda, xarakteristikalarni qanday solishtirishingiz mumkin? Yoki ularda sezilarli farq bo‘lmasa-da, bir smartfon ikkinchisini ish samaradorligi bo‘yicha testlarda ishonchli tarzda ortda qoldirsachi?
Ikki smartfon xususiyatlarini solishtirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan maxsus xizmat mavjud. U e’tibor berilishi lozim bo‘lgan eng muhim joylarni ajratib, ularni sodda tilda tushuntiradi.
Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:
1️⃣. NanoReview saytiga o‘tamiz.
2️⃣. Qidiruv satrlariga kerakli qurilmalar brendi va modellarini kiritamiz.
3️⃣. “Сравнить” tugmasini bosamiz.
Barchasi oddiy! “Ключевые отличия” bo‘limida smartfonlarning eng muhim afzalliklari haqida umumiy ma’lumotni ko‘rish, “Цена/Качество” bo‘limida smartfonlardan qaysi biri o‘z narxiga ko‘ra yaxshiroq ekanini bilish mumkin. Quyiroqda esa — smartfonlarni har tomonlama batafsil taqqoslanishi keltiriladi.
📝 Manba: @tech_lifehacks
📌 P.S.: Maqolada keltirilgan xizmatga muqobil va o‘z ishini juda yaxshi uddalovchi veb-sayt bilan ham tanishing: GSMArena
ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7230