tgoop.com/itspecuz/7250
Last Update:
#smartfon #android
🗜 APK fayl formati haqida
APK (Android Package) — Android va Android'ga asoslangan boshqa bir qator operatsion tizimlar uchun arxivli bajariluvchi ilova-fayllari formatidir.
Har bir Android ilovasi barcha dastur kodlari (DEX fayllari), resurslar, aktivlar (assets), AndroidManifest.xml manifest fayli va mahalliy kutubxonalarni (jniLibs) o‘z ichiga olgan yagona faylga kompilyatsiya qilinadi va qolipga solinadi.
Har bir APK-fayli — Dalvik yoki ART virtual mashinasida foydalanish uchun siqilgan arxiv bo‘lib, uni nafaqat Android, balki boshqa tizimlarda ham qo‘llash mumkin.
Chetki, noma’lum manbalardan APK-fayllarini o‘rnatish muayyan xavflarni keltirib chiqarishi mumkin: ko‘pchilik saytlar mashhur ilovalar va o‘yinlarning “qaroqchi versiyalari”ni APK fayllari ko‘rinishida bepul tarqatadi, ularga pullik premium SMS'larni yuborish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash, qurilmalarni shifrlash, kuzatuv va boshqa shu kabi zararli xususiyatlar qo‘shilish ehtimoli mavjud.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7250