tgoop.com/itspecuz/7303
Last Update:
#smartfon #iOS #iPhone
🎧⏱ iOS'da pleyerdagi musiqa yoki video ijrosini to‘xtatish taymeri qanday sozlanadi?
Sukunatda uxlay olmay, sevimli musiqa yoki serialingizni ishga tushirib, tinglash yoki tomosha qilish chog‘ida uxlab qolib, ertalab uyg‘onganingizda qurilgangiz quvvati tugab qolishidan xafsalangiz pir bo‘lib kelyaptimi? Hechqisi yo‘q, bu holat sizda ortiq qaytarilmaydi.
Media kontent ijrosini avtomatik to‘xtatish uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:
1️⃣. iPhone'ingizdagi “Часы” ilovasiga murojaat eting.
2️⃣. “Таймер” varaqa (вкладка)siga o‘ting.
3️⃣. “По окончании” bandida tovush o‘rniga “Остановить” bandini tanlang.
4️⃣. Soatni sozlash panelida kerakli vaqtni o‘rnating.
Taymer ishga tushirilganidan so‘ng barcha ijro etiluvchi medialar belgilangan vaqt muddatida avtomatik to‘xtatiladi. Endi bemalol sevimli musiqa sadosi ostida uyquga ketib, telefon quvvati haqida havotir olmasa bo‘ladi.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7303