tgoop.com/itspecuz/7316
Last Update:
#smartfon #android
⌚️ Suzuvchi soatlar: Android'dagi sirli sozlamani faollashtirish
Smartfon – bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan kiritilgan ko‘plab foydali xususiyatlarni o‘z ichiga olgan yuqori texnologiyali qurilmadir. Biroq, ularning ba’zilarini standart menyu orqali sozlab bo‘lmaydi. Android asosida ishlovchi qurilmamizga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etish maqsadida sirli opsiyani faollashtirish xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Dasturchi rejimiga kirish talab etiladi:
1️⃣. “Настройки” menyusiga o‘ting;
2️⃣. “О телефоне” bo‘limida “Номер сборки” bandi ustiga 7 marta bosing. Agar smartfon Xiaomi bo‘lsa, “Версия MIUI” satrini toping va xuddi shu harakatlarni bajaring;
3️⃣. Siz dasturchi rejimini faollashtirganingiz haqidagi xabar yuzaga keladi.
❗️Android smartfonining ishlab chiqaruvchisiga qarab, bo‘limlarning nomlanishi biroz farq qilishi mumkin.
So‘ngra yana Настройки menyusiga qaytish lozim.
1️⃣. Sozlamalar oynasining yuqorisidagi qidiruv satriga “Для разработчика” jumlasini kiriting, ustiga bir marta bosish orqali kiriluvchi bo‘lim paydo bo‘ladi;
2️⃣. Bu yerda qidiruv satri yo‘q, shuning uchun sahifa bo‘ylab pastga qarab “Ввод” guruhiga qadar tushishga to‘g‘ri keladi;
3️⃣. Ushbu guruhdagi “Плавающие часы” bandini faollashtiring, shundan keyin u ekranda paydo bo‘ladi.
Soat barcha ochilib turgan oynalar ustida ko‘rinib turishi tufayli, ushbu qulay opsiya har qanday ilova yoki o‘yin ishlab turgan paytida vaqtni kuzatib turish imkonini beradi. Xohish yoki zaruratga ko‘ra soatni oddiy barmoq harakati orqali ekranning istalgan nuqtasiga siljitish mumkin.
📝 Manba: @smartphonesecrets
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Android’da dasturchilar uchun menyuni faollashtirish
• Android ekranida barmoq tekkan joyni aks ettirish
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7316