tgoop.com/itspecuz/7345
Last Update:
#excel
🖨 Diagramma va jadvallarni oq-qora printerda chop etish
Agarda bizda oddiy (monoxrom) printer qo‘llanilsa, u holda rangli jadvallar va diagrammalar asosan kulrang holda chop etilib, unchalik o‘qishli bo‘lmaydi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun quyidagicha yo‘l tutish mumkin:
— 1-qadam
Dastur yuqorisidagi menyu satrining Разметка страницы varaqa (вкладка)sidagi Параметры страницы guruhining o‘ng pastki burchagidagi strelkacha ustiga bosamiz.
— 2-qadam
Ochilgan Параметры страницы oynasidagi Диаграмма varaqa (вкладка)sida Черно-белая bandini faollashtiramiz.
Rangli jadvallar bilan bo‘lgan holatda Параметры страницы oynasidagi varaqa (вкладка) Лист deb nomlanadi.
OK tugmasini bosamiz. Endi barcha ranglar chop etish vaqtida turli ko‘rinishdagi shtrixlarga almashtiriladi va o‘qishli bo‘ladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7345