tgoop.com/itspecuz/7376
Last Update:
#rasm_bilan_ishlash #internet
🗜 Har qanday rasmni sifatini yo‘qotmagan holda siqamiz
Agar siz tez-tez veb-sayt, blog yoki hujjatlarga joylashtirish maqsadida rasmlarni yuklab borayotgan bo‘lsangiz, u holda rasm hajmi muhim ekanligini bilishingiz aniq. To‘g‘ri, rasmni siqish muammo emas, lekin bunda sifatni saqlab qolish juda ahamiyatli va shu bilan birga, juda mushkuldir.
Nomi o‘z-o‘zidan gapiruvchi Squoosh xizmati u yoki bu opsiyalar yakuniy natija va hajmga qanday ta’sir qilishini baholaydi va bir juft klik evaziga rasmni optimallashtiradi.
Rasmni xizmatga yuklash uchun uni brauzer oynasiga olib o‘tkazish (drag'n'drop) yoki almashinish buferidan foydalanish mumkin. Shunisi e’tiborliki, sahifa yuklanganidan keyin fayl ustidagi amaliyotlar qurilmangizda lokal ravishda, ya’ni Internetsiz bajariladi.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7376