tgoop.com/itspecuz/7388
Last Update:
#internet
📊 Chrome brauzeridagi “Vazifalar dispetcheri” (Диспетчер задач)
Agar Chrome brauzerining sekin ishlayotganiga guvoh bo‘layotgan bo‘lsangiz, u holda gap faqat operativ xotira yetishmovchiligida bo‘lmasligi ham mumkin.
Afsuski siz tomondan ochilgan ba’zi saytlar kompyuteringiz bilan qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Sayt shunchaki kriptovalyutani mayning qilayotgan ham bo‘lishi ehtimoldan holi emas (shuning uchun ham bilar-bilmas barcha saytlarga kiravermagan ma’qul).
Xuddi shu holat o‘rnatilgan kengaytmalar tufayli ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek kengaytma shunchaki optimallashmagan bo‘lishi ham mumkin. Brauzerimizga ichki o‘rnatilgan Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali ochilib turgan sahifalar va kengaytmalardagi yuklanayotgan resurslarni osongina kuzatishimiz mumkin.
Brauzer menyusini oching va Дополнительные инструменты → Диспетчер задач bandlari bo‘ylab o‘ting yoki SHIFT
+
ESC
klavishlari birikmasini bosing.
Jarayonlarni, masalan foydalanilayotgan RAM bo‘yicha saralang va zaruratga ko‘ra ma’lum saytlarni yopish yoki hattoki kengaytmalarni o‘chirish borasida bir qarorga keling.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7388