tgoop.com/itspecuz/7413
Last Update:
#operatsion_tizim #hardware
⌨️ Klaviaturadan kiritish tili (раскладка клавиатуры)ni qo‘shish yoki olib tashlash
Windows operatsion tizimida klaviaturadan kiritish tili, ya’ni matnni boshqa tilda kiritish usulini sozlash mumkin. Bu klaviatura yordamida matn kiritishda ekranda aks etadigan simvollar ko‘rinishini aniqlab beradi.
Windows 10'da Параметры oynasini ekranga chaqirish uchun WIN
+
I
klavishlari birikmasini bosing. Ochilgan oynada Время и язык → Язык bandlari bo‘ylab o‘ting. O‘ng tomonda klaviaturada foydalanmoqchi bo‘lgan matn kiritish tili ustiga bosing. Tanlangan til ostidagi Параметры tugmasiga bosing.
Ochilgan oynada Клавиатуры bo‘limida Добавить клавиатуру bandi ustiga bosing va yuzaga kelgan ro‘yxatdan kerakli raskladkani tanlang. Uni o‘chirish uchun raskladka ustiga bosib, so‘ngra Удалить tugmasini bosish kerak bo‘ladi.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7413