tgoop.com/itspecuz/7414
Last Update:
#excel #maslahat
↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!
Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.
Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?
— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).
— 2-qadam
Формат ячеек (CTRL
+
1)
muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.
OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7414