tgoop.com/itspecuz/7463
Last Update:
#smartfon #android #internet #maslahat
🪢 Proksini o'rnatmagan holda Android'dagi bloklanishlarni chetlab o‘tish
Agar smartfonda joy yoki trafik kam bo‘lsa, proksi-serverni yoki VPN ilovasini o‘rnatib o‘tirishga hojat yo‘q. Android sozlamalarida bloklanishlarni chetlab o‘tuvchi skriptni faollashtirish mumkin.
Buning bajarilish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Qurilmamizning “Настройки” menyusiga murojaat etamiz.
2️⃣. “Сеть и интернет” bo‘limi bo‘ylab o‘tamiz.
3️⃣. Joriy Wi-Fi tarmog‘ining sozlamalari belgisi ⚙️ ustiga bosamiz (ya’ni uning qo‘shimcha sozlamalariga o‘tamiz).
4️⃣. “Редактировать”ga bosamiz va “Расширенные настройки”ga o‘tamiz.
5️⃣. “Прокси-сервер”ga bosamiz va uni “Автонастройка” holatiga o‘tkazamiz.
6️⃣. “URL автоконфигурации прокси” matn kiritish maydoniga quyidagi havolani joylashtiramiz: https://git.io/ac-anticensority-pac
.
7️⃣. Barchasi tayyor! SIz proksini o‘rnatmagan holda Android'da bloklanishlarni chetlab o‘tuvchi skriptni faollashtirdingiz.
⚠️ Turli Android'larda bo‘limlar nomlanishlari farqlanishi mumkin.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7463