tgoop.com/itspecuz/7531
Create:
Last Update:
Last Update:
#excel
🖱⌨️ Excel'da satr va ustunlarni belgilash
Excel'da ishlayotganimizda ko‘pincha muayyan satr yoki ustunlarni butunlay belgilashimizga to‘g‘ri keladi. Buning uchun odatda biz sichqonchaning chap tugmasi yordamida satr raqami (1, 2, 3...) yoki ustun harfi (A, B, C...) ustiga bosamiz.
Biroq bu harakatlarni qaynoq klavishlar yordamida amalga oshirish mumkinligi haqida ko‘pchilikning xabari bo‘lmasligi mumkin. Kerakli yacheykada turgan holda u joylashgan ustunni to‘liq belgilash uchun CTRL
+
PROBEL
birikmasi, satrni to‘liq belgilash uchun esa SHIFT
+
PROBEL
birikmasi bosiladi.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7531