tgoop.com/itspecuz/7543
Last Update:
#smartfon #android #internet #maslahat
🌐 Chrome brauzeri foydalanuvchilari uchun foydali maslahatlar
Chrome – Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan, dunyoda eng mashhur brauzerlardan biri. Aksariyat smartfonlarning o‘zida o‘rnatilgan ushbu ilovaning ba’zi bir imkoniyatlari haqida so‘z yuritamiz.
1️⃣. Qorong‘i rejimni yoqish
Android 10 tizimida Chrome ko‘rinishini tizim mavzusiga mos ravishda o‘zgartiradi. Oldingi versiyalarda mavzularni “Sozlamalar” → “Mavzu” (Настройки → Темы) bo‘limida almashtirish mumkin.
2️⃣. Varaqa (вкладка)larni surish orqali almashtirish
Chrome brauzerida varaqa (вкладка)lar o‘rtasida almashinish usullaridan biri bu varaqalar tugmachasini bosish va ro‘yxatdan keraklisini tanlashdir. Lekin boshqa usuli ham bor: manzil satri ustida barmog‘ingizni chapga va o‘ngga surish yoki yorliqlarning to‘liq to‘plamini ko‘rish uchun satrdan pastga surish.
3️⃣. Onlayn bo‘lgan zahoti sahifalarni yuklab olish
Internet aloqasi yaxshi bo‘lmaganda biror sahifaga kirish kerak bo‘lsa, Chrome ushbu yechimni taklif qiladi. Oflayn rejimda (internet bo‘lmaganda) kerakli saytni oching (havolani bosish yoki manzil satriga yozish orqali) va “Sahifani keyinroq yuklash” (Загрузить при подключении) tugmasiga bosing. Tarmoqqa ulangandan so‘ng, Chrome sahifani saqlaydi va bu haqda sizga xabar beradi.
4️⃣. Varaqa (вкладка)larni tez yopish
Varaqa tugmasini bir soniya ushlab turing va ochilgan varaqani yopish uchun menyu paydo bo‘ladi. Ushbu usul yordamida yangi varaqalar ham yaratishingiz mumkin, lekin bu usul oddiy menyudan foydalanishga qaraganda tezroq emas.
5️⃣. Sahifalarni PDF formatda saqlash
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Chrome sahifalarni telefoningizda oflayn ko‘rish uchun saqlashga imkon beradi. Agar saqlangan sahifani kimgadir jo‘natmoqchi bo‘lsangiz yoki uni boshqa ilovalar o‘qishi mumkin bo‘lgan formatda yuklamoqchi bo‘lsangiz, buni hech qanday qo‘shimcha vositalarsiz amalga oshirishingiz mumkin.
Yuklab olinishi lozim bo‘lgan sahifani toping, so‘ngra asosiy menyuda “Ulashish” (Поделиться) tugmasini bosing. “Chop etish” (Печать)ni tanlang va printerni “PDF sifatida saqlash” (Сохранить как PDF)ga o‘zgartiring. Keyin faylni yuklab olish uchun ko‘k tugmani bosing. PDF fayl formati deyarli har qanday kompyuterda, telefonda yoki planshetda ochilishi mumkin.
6️⃣. Har qanday saytda hajmni o‘zgartirish
Ko‘pgina hollarda, mobil telefonlar uchun optimallashtirilgan saytlar matn hajmini foydalanuvchi qo‘lda o‘zgartirishiga imkon bermaydi. Taqiqni chetlab o‘tish uchun, Chrome sozlamalarini oching, “Qulayliklar” (Спец. возможности) tugmasini bosing va “Hajmni majburiy o‘zgartirish funksiyasini yoqish” (Принудительно включить масштабирование) parametrini tanlang. Endi istalgan sahifani kattalashtirishingiz mumkin.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7543