tgoop.com/itspecuz/7664
Last Update:
#excel
↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.
Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:
1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.
2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.
3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT
+
F11
4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) → F5
→ Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz → O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi → Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!
📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.
Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.
📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7664