tgoop.com/itspecuz/7752
Last Update:
#operatsion_tizim #software
🖼 Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy operatsion tizimlarda skrinshotni bir klavishni bosish orqali yaratish mumkin. So‘ngra rasmlarni qirqish, strelkalar, yozuvlar va boshqa tushuncha beruvchi obyektlarni joylashtirish uchun grafik muharrirdan foydalanish mumkin. Aksariyat foydalanuvchilar uchun shuning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin, ammo ba’zilar bularning barchasini tez-tez qo‘llagani bois, bunday holatlar uchun maxsus vositalardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.
Ksnip – Windows, macOS va Linux operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan shunday vositalardan biri. Skrinshotlar muharriri hisoblanuvchi ushbu dastur butun ishchi stoli, faol oyna, ixtiyoriy sohaning skrinshotini qulay va tezkor tarzda yaratish imkonini beradi. Strelkalar chizish, skrinshotdagi elementlarni xiralashtirish, qalamda yozuv kiritish, qo‘shimcha matn qo‘shish va hattoki smaylik joylashtirish kabi tahrirlashda xizmat qiluvchi oddiy vositalarni o‘z ichiga oladi.
Dastur bepul va foydalanish uchun tezkor bo‘lib, skrinshotlar bilan bog‘liq deyarli barcha kerakli harakatlarni qulay tarzda bajarish imkonini taqdim etadi.
📎 Ksnip v1.1.0 dasturini yuklab olish.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ekranni to‘liq emas, balki aktiv turgan oynani rasmga olish
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
🖥 Kompyuter dasturlari:
• Bandicam
• TechSmith SnagIt
• FastStone Capture
• Movavi Screen Recorder
• Icecream Screen Recorder Pro
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7752