tgoop.com/itspecuz/7831
Last Update:
#operatsion_tizim
Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak? 🤔
Ko‘p holatlarda biror film yoki boshqa hajmdor faylni biror NTFS bilan ishlamaydigan qurilma uchun (TV, iPhone va hkz.) qo‘llanilayotgan fleshkaga nusxalayotganingizda, tizim tomonidan “Файл слишком велик для конечной файловой системы” xatoligi foydalanuvchiga ko‘rsatiladi.
⚠️ Aksariyat yangi fleshkalar odatda FAT32 fayl tizimiga formatlangan holida foydalanuvchilar qo‘liga kelib tushadi.
Ushbu muammoni bartaraf etishning esa ikki usuli mavjud:
1️⃣. Agar buning imkoni bo‘lsa (filmlar uchun odatda iloji bor), ushbu faylning 4 Gb'dan kamroq joy egallaydigan boshqa variantini izlab ko‘rishingiz mumkin.
2️⃣. Saqlash qurilmasini ExFAT'ga formatlashga urinib ko‘ring, u katta ehtimol bilan sizning qurilmangizda ishlaydi, fayl hajmiga nisbatan cheklovlar yuzaga kelmaydi (maksimal hajm 16 Eb bo‘lib, qurilmalar uchun odatda bunday katta hajmdagi fleshkalar qo‘llanilmagani bois, bu muammoga foydalanuvchi duch kelmaydi).
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Файл слишком велик для конечной файловой системы” xabarining chiqishi boisi va uni bartaraf etish
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7831