tgoop.com/itspecuz/7966
Last Update:
#operatsion_tizim #tarmoq #security
🔐 Siz ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining parollarini qanday ko‘rish mumkin?
Ishxona yoki biror joydagi Wi-Fi tarmog‘ining parolini unutib qo‘ysangiz-u, ulanish juda zarur bo‘lsa, u holda Windows konsoli bilan bog‘liq ajoyib lafxak mavjud. Harakatlar algoritmi esa quyidagicha:
1️⃣. WIN + R'ni bosgan holda ekranga “Выполнить” oynasini chaqiring va unga cmd buyrug‘ini kiritib, ENTER
klavishini bosish orqali Командная строка (Buyruq satri)ni ishga tushiring.
2️⃣. Ochilgan konsol oynasiga netsh wlan show profiles
buyrug‘ini yuboring. Ekranda barcha ma’lum Wi-Fi tarmoqlarining ro‘yxati yuzaga kelganiga guvoh bo‘lasiz. Sizga kerakli bo‘lgan tarmoq nomlanishini eslab qoling.
3️⃣. So‘ngra netsh wlan show profile name=sizdagi_tarmoq_nomlanishi key=clear
buyrug‘ini yuboring. Ushbu buyruq joriy tarmoq haqidagi barcha ma’lum ma’lumotni chiqarib beradi. Содержимое ключа (Key Content) maydonida siz ushbu tarmoqqa ulanishda qo‘llagan so‘nggi parol keltirilgan bo‘ladi.
Windows operatsion tizimidagi WlanSvc xizmati (Wi-Fi va Bluetooth orqali bo‘lgan) barcha simsiz ulanishlarni boshqaradi. Ya’ni ushbu xizmat izlash, ulanish, uzilish va kompyuterda simsiz ulanishlar ishlashi uchun zaruriy bo‘lgan boshqa amallar uchun javob beradi.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/7966