tgoop.com/itspecuz/8083
Last Update:
#smartfon #hardware #mulohaza_uchun #maslahat
🔋 Sovuq havoda smartfon akkumulyatorini asrash bo‘yicha maslahatlar
Ayoz ob-havoda smartfonda eng ko‘p ikki element: kimyoviy akkumulyator va displey jabr ko‘radi. Birinchisida, ayniqsa, uzoq muddatli sovuqda ichki umumiy quvvatlanish hajmi yo‘qoladi, ikkinchisida esa suyuq kristallarning dinamikasi yomonlashadi, bu LCD sensorlar va ekranlarning javob vaqti va reaksiyasiga ta’sir qiladi.
Sovuqda smartfon ekranida aks etayotgan quvvat qoldig‘iga ham ishonishning hojati yo‘q. Ayoz tufayli qurilma ishlashida “qotib qolish”lar ko‘p kuzatiladi. Diodli AMOLED-displeylarida ushbu qotish effekti bo‘lmaydi, ammo sovuq havoda ko‘zga seziluvchi yoqimsiz miltillash paydo bo‘lishi mumkin.
Butkul muzlagan smartfonda polimer membranalarining harakatchanligi yomonlashadi. Shu sababli, karnaylarning ovozida ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Qurilma ishlashidagi jiddiy buzilishlarning oldini olish va qurilmaning ish faoliyatini saqlab qolish uchun bir nechta eng muhim va sodda qoidalar mavjud:
1️⃣. Telefoningizni silikon, plastmassa yoki rezinali g‘ilofda saqlang. Bunday materiallar minimal issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega;
2️⃣. Qurilmangizni muz va qor bilan qoplangan sirtlarga qo‘ymang;
3️⃣. Smartfonni cho‘ntagingizda, o‘zingizga yaqinroq tuting;
4️⃣. Sovuqda quvvatlashdan, ayniqsa tezkor quvvatlashdan saqlaning, chunki batareyaga zarar yetkazish yoki uning ish faoliyatini qaytarib bo‘lmaydigan darajada yomonlashtirish xavfi mavjud. Agar busiz hech iloji bo‘lmasa, telefonni zaif tok oqimi bilan va uzoq bo‘lmagan muddatda quvvatlang;
5️⃣. Biroq, agar sizda portativ quvvatlagich (Power Bank) bo‘lsa, smartfonni cho‘ntagingizda quvvatlashni boshlashingiz mumkin. Quvvatlashdagi tok oqimi smartfonning o‘zi va batareyasini biroz isitadi va shu bilan uning sovib qolish tezligini sekinlashtiradi;
6️⃣. Qattiq sovuqda batareya quvvatini 40-70% oralig‘ida saqlang. Standart litiyli batareyalar uchun sovuqda juda kam quvvat, shuningdek, maksimal quvvat, muayyan litiy hujayralari resurslariga (ya’ni umumiy ishlash davomiyligi sikliga) salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
7️⃣. Agarda batareya olinadigan bo‘lib, smartfon juda sovib ketsa, batareyaning o‘zini qo‘lingizda yoki xona sharoitida isitishga urinib ko‘rishingiz yoki issiq cho‘ntagingizda zaxira batareyaga ega bo‘lsangiz, ularning o‘rnini vaqtinchalik almashtirishingiz mumkin (hozirda bunday smartfonlar qariyb qolmagan desa ham bo‘ladi);
8️⃣. Agar telefoningizni issiq cho‘ntagingizdan kamroq chiqarishga yordam beradigan bo‘lsa, qo‘shimcha simli yoki simsiz gadjetlardan foydalaning. Masalan, quloqchinlar yoki aqlli soatlarning ba’zi modellari bilan qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob berishingiz mumkin;
9️⃣. Haroratning tezkor o‘zgarishidan saqlaning. Sovuqdan issiqqa qaytganingizda, telefonni asta-sekin xona haroratida isishiga qo‘yib bering va tashqi isitish elementlaridan foydalanmang. Telefoningizni hali isishga ulgurmagan cho‘ntagingiz yoki sumkangizda qoldiring. Smartfonning xona haroratiga silliq qaytishi uni ham tashqi va eng muhimi, korpusning ichki qismidagi kondensatsiyadan himoya qiladi.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/8083