tgoop.com/itspecuz/8438
Last Update:
#operatsion_tizim
Caps Lock, Scroll Lock va Num Lock klavishlari bosilishida ovoz chiqishini sozlaymiz ⌨️🔉
Matn kiritish jarayonida ushbu klavishlarning bexosdan bosilishi istalmagan natijalarga olib kelishi mumkin: kalkulyator yoki Excel bilan ishlashda raqamli blokdagi sonlar kiritilmaydi yoki parol kutilmaganda qabul qilinmay qoladi. Ushbu holat uchun Windows klavishlar bosilganida ovozli bildirishnomani faollashtirish usulini taklif etadi.
Bu foydali bo‘lishi mumkin, chunki siz tasodifan Caps Lock yoki Num Lock'ni o‘chirib qo‘yganingizni tezda bilib olishingiz mumkin. Ushbu funksiyaga “Панель управления” orqali ham, “Редактор реестра” orqali ham murojaat etish mumkin, ammo eng oson yo‘li “Параметры” oynasi orqali faollashtirishdir.
Buning uchun:
1️⃣. “Пуск” menyusi orqali “Параметры” oynasiga murojaat eting, yoki WIN
+
I
klavishlari birikmasini bosing.
2️⃣. Ochilgan tizim sozlamalari oynasida “Специальные возможности”ga kiring va undagi “Клавиатура” bo‘limiga o‘ting.
3️⃣. “Подается звуковой сигнал при нажатии клавиш Caps Lock, Num Lock или Scroll Lock” bo‘limida post ostidagi rasmda ko‘rsatilgani kabi maxsus tugmachani faol holatga o‘tkazing, tayyor!
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist
Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/8438