tgoop.com/itspecuz/8496
Last Update:
#internet
⚙️🔄 Google Chrome'ning standart sozlamalarini qayta tiklash
Agar kompyuteringizda sizdan ilgari kimdir Google Chrome'dan muntazam foydalanib kelgan bo‘lib, uni o‘zingiz uchun yangidan sozlab olish istagida bo‘lsangiz, istalgan vaqtda brauzer sozlamalarini asl holatiga qaytarishingiz mumkin. Bu yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Buning uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:
1️⃣. Chrome brauzerining o‘ng yuqori burchagida uch vertikal joylashgan nuqtali ( ⋮ ) tugmani ustiga bosing va ochiluvchi menyudan “Настройки” bandini tanlang.
2️⃣. Yon menyudan “Сбросить настройки”ni tanlang.
3️⃣. “Восстановление настроек по умолчанию”ning ustiga bosing va harakatlaringizni “Сбросить настройки” tugmasini bosish orqali tasdiqlang.
Bosh sahifa, tezkor murojaat sahifasi va qidiruv tizimi sozlamalari tiklanadi va barcha varaqa (вкладка)lar olib tashlanadi. Bundan tashqari, tizim barcha kengaytmalarni o‘chiradi va cookie fayllari kabi barcha vaqtinchalik ma’lumotlarni o‘chiradi. Xatcho‘p (закладка)laringiz, ko‘rilgan sahifalaringiz tarixi va parollaringiz saqlab qolinadi.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
BY IT specialist

Share with your friend now:
tgoop.com/itspecuz/8496