tgoop.com/jahon_insights/1942
Last Update:
#Texnologiya #Choraklik_Hisoboti
Apple 4-ichi chorak va yillik hisobotini topshirdi.
Kompaniyada 2024-yilning to‘rtinchi choragi va 28-sentyabrda yakunlangan moliyaviy yil ma’lumotlariga ko‘ra, daromad chorak davomida 6%ga, ya’ni 94,9 milliard dollarga o‘sgan, yil miqyosda esa o‘sish 391 milliard dollarni (+2%) tashkil etgan. Sof foyda - chorak uchun 14,7 milliard dollar, yil uchun 93,73 milliard dollarni tashkil etdi.
Biroq, foyda 2023-yilga qaraganda kamroq bo‘lgani aytilmoqda - taqqoslash uchun o‘tgan yil shu chorak uchun 22,95 milliard dollarni, yil uchun esa 96,99 milliard dollarni tashkil etgan, Bu yilgi kamomadning asosiy sababi Applening soliqlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmoqda, shu sabab kompaniya ko‘zda tutilmagan 10,2 milliard dollar xarajatlari tufayli sof daromadi kamaydi.
@jahon_insights