Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/jalilovqaydlar/-2789-2790-2791-2786" target="_blank" rel="noopener" onclick="return confirm('Open this link?\n\n'+this.href);">kampaniyasi</a> bo&#39;yicha rasmiy <a href="https://t.me/ToshkentshaharMMTB/39439" target="_blank" rel="noopener" onclick="return confirm('Open this link?\n\n'+this.href);">munosabat</a> bildiribdi. Unda &quot;oʻquvchilarni Cerebry platformasi orqali test va topshiriqlarni bajarish jarayonlariga dars yoki taʼtil vaqtlarida majburan jalb etish mumkin emasligi&quot; ma&#39;lum qilingan, lekin masalan, ota-onalardan, o&#39;qituvchilardan mazkur platformadagi testlarni ishlash uchun 8-9 sinf o&#39;quvchilarining (ya&#39;ni aynan PISA tadqiqotiga jalb qilinishi ehtimoli bor o&#39;quvchilarning) ta&#39;til paytida maktabga kelishini ta&#39;minlash talab qilinayotgani haqidagi xabarlarga (masalan, qarang: <a href="https://t.me/jalilovqaydlar/2786-): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Jalilov. Qaydlar@jalilovqaydlar P.2789
JALILOVQAYDLAR Telegram 2789
Yana PISAga tayyorgarlik masalasida: PISA "dressirovka" qilish orqali tayyorlanadigan test emasligini tushunish lozim

Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi maktablardagi "cerebry'bozlik" kampaniyasi bo'yicha rasmiy munosabat bildiribdi. Unda "oʻquvchilarni Cerebry platformasi orqali test va topshiriqlarni bajarish jarayonlariga dars yoki taʼtil vaqtlarida majburan jalb etish mumkin emasligi" ma'lum qilingan, lekin masalan, ota-onalardan, o'qituvchilardan mazkur platformadagi testlarni ishlash uchun 8-9 sinf o'quvchilarining (ya'ni aynan PISA tadqiqotiga jalb qilinishi ehtimoli bor o'quvchilarning) ta'til paytida maktabga kelishini ta'minlash talab qilinayotgani haqidagi xabarlarga (masalan, qarang: 1, 2) izoh berilmagan. Qolaversa, ta'lim tizimi vakillaridan biri boshqarma aynan shu masalada onlayn yig'ilish o'tkazganini, yig'ilishda, xususan, o'quvchilari 2-darajaga ham (PISA bo'yicha 15 yashar o'quvchilar uchun savodxonliking minimal darajasi) chiqa olmagan maktablarni "qo'zg'atish" kerakligi qayd etilganini tasdiqladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi buyrug'iga ko'ra tashkil etilgan ishchi guruh maktablarga chiqib o'rganishi kerak bo'lgan savolnomada ham (ilova qilingan suratga qarang) "ishlab chiqilgan reja asosida “Cerebry” platformasidan foydalanish holati" degan band turibdi. Ya'ni, Singapurdagi bir xususiy kompaniya "onlayn repetitorlik platformasi" (tutoring platform) sifatida ishlab chiqqan platforma nima uchundir bizning rasmiylar tomonidan qandaydir kampaniyabozlik darajasiga olib chiqildi. Mana bu podkast tagidagi ayrim izohlarga qaraganda, shunchaki vazirlik so'rayotgan statistikani berish uchun platformada o'quvchilar o'rniga o'qituvchilar ham test yechishmoqda. Qizig'i, bu platformani Singapurning xususiy kompaniyasi vazirlikka hadya qilganmi yoki undan foydalanish huquqi soliq to'lovchilar hisobidan sotib olinganmi (agar sotib olingan bo'lsa - qanchaga tushgan va nega aynan shu platforma?), degan savollar hozircha ochiq qolmoqda.

Yana bir qiziq narsa. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasdiqlagan so'rovnomaning 3-bandiga ko'ra, maxsus ishchi guruh maktablarda "PISA-2025 xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi, yo‘l xarita (reja) ishlab chiqilganligi va uning ijro holati
(15 yoshli o‘quvchilar ro‘yxati shallantilganligi va ular bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilayotganligi)"ni o'rganishi kerak. Ya'ni, ta'limni boshqaradiganlar shu yil bahorda (bir necha oydan keyin) bo'ladigan PISA-2025 tadqiqotlariga 15 yashar o'quvchilarni "qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish" orqali tayyorlash mumkin, deb hisoblamoqda.

PISA - sport emas. Unga o'quvchilarni "dressirovka" yoki "trenirovka" qilish orqali tayyorgarlik ko'rilmaydi. PISA - 15 yashar bolalar shu yoshga kelguncha ularga maktabda berilgan ta'limning sifatini va unga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganadigan tadqiqot. PISAdagi natijalarni yaxshilash uchun ta'lim sifatini ko'tarish, aniq maqsadlarga asoslangan o'quv dasturlarini joriy qilish, ta'limning uch muhim komponenti: o'quv dasturlari - metodika - baholash o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash va boshqa ko'plab islohotlar (real islohotlar, "islohotlar imitatsiyasi" emas) o'tkazish kerak. Ta'limni boshqaradigan vazirlik nahotki shu oddiy haqiqatni tushunishi qiyin bo'lsa?

tgoop.com/jalilovqaydlar/2789
Create:
Last Update:

BY Jalilov. Qaydlar

Share with your friend now:
tgoop.com/jalilovqaydlar/2789

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Users are more open to new information on workdays rather than weekends. So far, more than a dozen different members have contributed to the group, posting voice notes of themselves screaming, yelling, groaning, and wailing in various pitches and rhythms. fire bomb molotov November 18 Dylan Hollingsworth yau ma tei Step-by-step tutorial on desktop: Unlimited number of subscribers per channel
from us

Telegram Jalilov. Qaydlar
FROM American