Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
521 - Telegram Web
Telegram Web
Ali Chankirilining «Men bilan o‘ynaysizmi, ota» kitobi bugungi kun uchun dolzarbdir. Otalar va bolalar o‘rtasidagi masofa tobora olislab borayotgan, virtual munosabatlar birinchi o‘ringa chiqib qolayotgan hozirgi vaqtda mazkur qo‘llanma bu boradagi muammolarni go‘zal tarzda bartaraf etish uchun ajoyib manba bo‘la oladi.

📖 Kitobdan ko‘zlangan maqsad otalarga farzandlari bilan uyda, tabiat bag‘rida, shaharu qishloqlarda birgalikda ko‘proq vaqt o‘tkazishlari uchun yordam berishdir. Birgalikda o‘yinlar o‘ynash bolalargagina emas, balki otalar uchun ham maroqli bo‘ladi. Ko‘pchilik bu o‘rinda ko‘proq onalar bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi, yaʼni bola bilan o‘ynash onaning vazifasi o‘laroq ko‘riladi.

🔝O‘g‘il-qizlar ham ona, ham ota mehrini yaqindan his qilib ulg‘ayishga haqli. Inson hayotida otaning o‘rnini betakror va beqiyosdir! Bolajonlar qahramoni bo‘lgan otalar, ushbu qo‘llanma siz uchun!

Narx: 36 000
Buyurtma berish:@Abduraxmonova_15 Telegram kanal : @kitob_bogi
Forwarded from Kitobchi Aka(demik) (Best Random Bot 🎁 [Конкурсный бот для розыгрышей | Рандомайзер])
Assalomu alaykum, Kitobchi aka kanalining a‘zolari!

Yangi yil munosabati bilan kichik konkurs e‘lon qilaman.

Quyidagi 6ta kanalga qo‘shiling. Postni 5ta do‘stingizga yuboring. (Yuborganingizni skrenshot qilib qo‘ying).
@kitobchi_aka
@bookuz_jizzax
@ems2307
@yangi_asr_kutubxonasi
@ErixMariya_Remark
@kitob_bogi

Barcha kanalga a‘zo bo‘lgandan keyin botdagi qatnashish tugmasini bosing. Barcha kanalga a‘zo bo‘lgan bo‘lsangiz bot sizni ishtirokchi sifatida qabul qiladi. 6ta g‘olibga 6ta kitob sovg‘a qilinadi. Barchaga omad tilayman.
"Marjon shodasi"
Gi De Mopassan

📖 Gi de Mopassan fransuz novellachiligini yuqori pog‘onalariga ko‘tarilishiga zamin yaratgan yozuvchilardan biridir. Mamlakatning ko‘zga ko‘ringan tanqidchilari uning ijodi borasida yakdil fikrda edilar. Emil Zolyaning e’tiroficha, u hissiyotlarni noziklik ila jo‘sh urdirdi, muloyim mutoyiba va quvlik bilmas surur vositasida omma e’tibori va hurmatini qozondi. Jorj Lemetr Mopassanni klassik yozuvchi deb atadi.

📚 Mopassan qisqa umri davomida sof muhabbatni kuyladi, ma’naviy yuksak oddiy kishilarni qadrlab, vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etdi. Mopassan ma’naviy qashshoq, munofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan kam sonli ijodkorlardan biridir.

Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 30 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@Abduraxmonova_15
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
2025
Sotuvchi almashdi. Endi @Abduraxmonova_15 dan emas @Umar_Mansur dan xarid qilasizlar
Forwarded from Kitobchi Aka(demik) (Book.uz JIZZAX)
#diqqat #sovrinli_tanlov
Xayrli kun, qadrli Kitobchi aka kanali obunachilari!

Yanvarning ilk musobaqasi uchun shart va kitob tanlandi.

Ernest Xemingueyning "Quyosh baribir chiqaveradi" (Fiesta) asari 2025-yilning ilk kitobi bo‘ladi. Ushbu asarni o‘qiysiz va 15-yanvar kuni bo‘ladigan savol-javobga tayyorlanasiz.
Shuningdek, savol javob yakunida asar yuzasidan muhokama ham o‘tkaziladi.

Savol-javobda g‘olib bo‘lgan 1ta
Muhokamada eng faol bo‘lgan 1ta ishtirokchiga kitob hadya qilaman.

Barchaga yoqimli mutolaa tilayman. Sizlardan ushbu postni ko‘proq do‘stlaringiz, guruhlar va kanallarga (shaxsiy blog, shaxsiy kanal) tarqatib kanalimiz obunachilari sonini oshirishga hissa qo‘shishingizni so‘rab qolaman. Bu sizning manga berishingiz mumkin bo‘lgan yordamingiz bo‘ladi.

Kitobning qog‘oz variantini @bookuz_jizzax orqali xarid qilishingiz yoki kutubxonalardan topib o‘qishingiz mumkin.
Kitobning elektron versiyasi bu yerda.

Hurmat ila @kitobchi_aka
"Qarzga olingan umr"

Hayotni qadrini eslatuvchi asar

📚 Asar avtomobil poygasi ishqibozi bo'lgan Klerfening xasta Lilianga bo'lgan fidoyi muhabbati, ularning birgalikda kechirgan sarguzashtlari va oʻrtalaridagi murakkabliklarga to'la munosabatlar, oshiq-ma'shuqning iztiroblari haqida boradi.


Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 32 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
📕 Aflotun, «Davlat»

Qadimgi yunon faylasufi Aflotunning «Davlat» asari falsafa tarixidagi muhim asarlardan biri.

Aflotunning eng mashhur asarlari «Davlat», «Qonunlar» va «Fedon» hisoblanadi. Uning davlat tuzumi, adolat, ruhning boqiyligi, ideal hayot va odil hukmdor qanday bo'lishi zarurligi xususidagi fikrlari bugungi davr uchun ham dolzarbdir.

Aflotunning qarashlari G'arb falsafasiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Tarjimon: Urfon Otajon
Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 42 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Adem Gunesh " Jazosiz tarbiya "

📚 Kitob haqida qisqacha

Bolalarni tarbiyalashda jazo ko‘llash hakida har kimda har xil tushuncha bor. Jazolash tarafdorlari ko‘prokdek nazarmizda. Ularning qatʼiy ishonchiga ko‘ra, so‘kish eshitib, kaltak yeb ulg‘aygan bola kelgusida risoladagidek shaxs bo‘lib yetish bo‘lmasa o‘g‘ri, kazzob bo‘lib ketishi mumkin.

Aslida-chi? Bolalarni qanday tarbiyalash kerak: ularni qiyin-qistovga olib, har bir yanglish harakatidan ayb topib dakki berib, bosim o‘tkazibmi yoki mehr-muhabbatga burkab to‘g‘ri tushuntirib, do‘stona muloqot o‘rnatibmi?

Ota-onalarni qiziqtirgan ana shu savollarga Adem Guneshning qo‘lingizdagi mazkur «Jazosiz tarbiya» kitobini o‘qigach, teran va asosli javoblar olasiz. Mutolaaga kadar sizga aytar bir so‘zimiz bor: «Jazo - qadrsizlik asosiga qurilgan tarbiya usulidir».

Narx: 35 000
🚚 Buyurtma berish:
@umar_mansur

👨‍💻Telegram: @kitob_bogi
Rashod Nuri Guntekin "Yashil kecha"

📚 Turk adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo'lgan Rashod Nuri Guntekin nomi o'zbek kitobxonlariga juda yaxshi tanish. "Choliqushi", "Otash kechasi", "To'kilgan yaproqlar", "Xotin dushmani", "Iztirob", "Muhabbat simfoniyasi" kabi asarlar orqali Guntekinni qayta va qayta mutolaa qilganmiz.

📖 Bu gal yozuvchi ijodida boshqalariga o'xshamaydigan asar bilan tanishamiz. Turk adabiyotidagi ilk tarjima asarlar sirasiga kiruvchi "Yashil kecha", o'zbek tiliga o'girilgach, faqat bir marta 1977 yildan nashr etilgan.

Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 35 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Jorj Oruell "1984"

🔝Jorj Oruellning ushbu romani ilk bora oʻzbek tiliga tarjima qilinib kitobxonlar eʼtiboriga yetkazilmoqda. “1984” romani “BBC talqinidagi eng yaxshi 200ta kitob” roʻyxatida sakkizinchi oʻrinni, Newsweek tomonidan insoniyat tarixidagi eng yaxshi kitoblar reytingida 2-oʻrinni egallagan. 2017-yilda ushbu kitob AQShda eng koʻp sotilgan kitob hisoblanadi. Asarning bunchalar shuhrat qozonishiga sabablarni kitobni oʻqish mobaynida bilib olishingiz mumkin.

📚 Kitobning oxiriga yetmay turib, oʻquvchida fikr uygʻonadi: bizni hozir aldashmayaptimi? Oruell dahshatli, qaygʻuli voqealarni, shu bilan birga siz va bizga tanish haqiqatni tasvirlaydi. U kishilarni manqurt boʻlmaslikka, fikrlashga, oʻz soʻzini aytishga chaqiradi, soʻz va fikr erkinligi mavjudligini eslatadi. ​

Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 50 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Shayx Ali Tantoviy "Ey qizim"

📚 Jamiyat ayollarning tarbiyasi evaziga quriladi yoki aksincha. Sivilizatsiyalarning kelajagi bevosita ayollarning maʼrifatiga bog‘liq. Ushbu kitob bu masalani chuqur anglab yetgan olimning uzoq yillik tajribalarining natijasidir. Farzandlar onalarining fazilatlari sabab yetuk inson bo'ladilar, erlar ham ayollarining ko‘magi ila Robbimizning yo‘lida sobitqadam bo‘lishadi. «Ey qizim» kitobi «Zamonimizning og‘riqlariga oz bo‘lsada shifo bo‘ladi» degan niyatda nashrga tayyorlandi.

Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 38 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
#sotuvda

Erix Mariya Remark, «G'arbiy frontda o'zgarish yo'q»

📚 Asar yozuvchining boshidan o'tkazganlari asosida yozilgan romandir. Remark 1916 yilda Germaniya tomondan urushga safarbar qilinadi va g'arbiy frontga yuboriladi. U bir yil o'tmasdanoq jangda og'ir yaralanadi.

Narxi: 25 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi

Biz bilan oson xarid qiling😊!
Aycha Karaman "Qaror qil, reja tuz, harakat boshla"

📚 Ushbu satrlarni o'qiyotganingizda hayotingiz istagingizga mos emasligidan, orzuyingizga yeta olmayotganingizdan noliyotgan bo'lishingiz mumkin.

📖 Qayg'urmang, hali hammasi oldinda. Qiyinchiliklar, albatta, ortda qoladi va o'zidan saboqlar tashlab ketadi. Mashaqqatlarga duch kelganda o'zingizni yo'qotib qo'ymang, chunki ular hayot haqiqatlari.

⚡️Qiyinchiliklarga taslim bo'lish o'rniga vaziyatni o'zgartirish uchun harakat qiling. Agar shunday qilsangiz - sizni taqdirlash kerak, siz -to'g'ri yo'ldasiz, mana shu ruhda davom eting.

Biz bilan bo'ling😊
💰Narx: 23.000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Yozuvchi Xayriddin Sultonning ushbu kitobi ikki bo'limdan iborat.

Birinchi bo'limdan joy olgan "Ishonch telefoni" qissasida hayotda chindan ham yuz bergan, muallif bevosita guvohi bo'lgan voqea-hodisalar, yon-atrofimizda yashayotgan, tarixi va taqdiri bir-biriga o'xshamaydigan turli insonlarning xarakterlari, ruhiy kechinmalari, dard-u armonlari o'ziga xos shartli shaklda ifoda topgan.

"Ishonch yorliqlari" deb nomlangan ikkinchi bo'limda esa ijodkor do'stlarining yangi izlanishlari sabab adib qalbida tug'ilgan taassurotlar hamda ustozlar yodi bilan bog'liq xotiralar jamlangan.

Narxi: 20 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi

Biz bilan oson xarid qiling😊!
Yasmin Mujohid, «Qalbingni isloh qil»

Ushbu asarda qalbni shu ummon tubiga g'arq
bo'lishdan qanday asrash, agarda bunday holat yuz bersa, nimalar qilish lozimligi haqida so'z yuritiladi. Bu gunoh va xatolardan saqlanish,
umid hamda poklanish haqidagi kitobdir. Har bir qalb davo topishi
mumkin, zotan, har bir soniya bizni ana shu muhim shifo tomonga
yetaklash uchun yaralgan. «Qalbingni isloh qil» atrofdagi barcha narsa birdan harakatdan to'xtab, o'zgacha tuyula boshlaydigan onni topish
haqidagi kitobdir. U o'zligingizni uyg'ota olishingiz va yanada yaxshiroq, samimiyroq va erkinroq insonga aylanishingiz xususidadir.

Narxi: 26 000
🚚 Buyurtma berish⤵️:@umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
📕 «Pozitiv psixologiya»

Nevzat Tarxan, Оrhan Gumushel, Aynur Sayimlarning umumiy tahriri ostida.

Shaxsiy va ijtimoiy farovonlikni yaxshilash va insonning psixologik o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan fan sohasi sifatida pozitiv psixologiya bugungi dunyoda dolzarv qiymat kasb etmoqda. Asar mualliflar tomonidan ilmiy tadqiqotlar va psixologik tahlillar asosida qiziqarli uslubda turli o'yin mashg'ulotlari uzviyligida yoritilgan. Kitobda ijtimoiy kognitiv nevrologiyaning asosiy masalalari: intellekt, emotsional intellekt, empatiya, munosabatlarni boshqarish, sog'lom qaror qabul qilish ko'nikmalar atroflicha bayon qilinadi. Kitob nafaqat pozitiv psixologiya va shaxs rivojlanishini umumiy masalalariga qiziquvchi mutaxassislar uchun, balki ommabop psixologiyaga qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.


📖 Muqova: Qattiq, 368 b.
💰 Narxi: 44 000 soʻm
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi

Biz bilan oson xarid qiling😊!
Mahmudxo'ja Behbudiy "Padarkush"

📚 Mahmudxoʻja Behbudiy ʻʻPadarkush” dramasi orqali oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi. Bu asar 1911-yilda yozilgan boʻlib, unda ilmsizlikning qanday fojiali oqibat kasb etishi ifoda etilgan. Drama ilm-maʻrifatni targʻib qilishda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Asarda boyning alifni kaltak deydigan nodon oʻgʻli Toshmurod yomon odamlar bilan doʻst tutinib, oʻz uyiga oʻgʻrilikka tushadi va oqibatda ota qotiliga aylanadi. Buyuk maʼrifatparvar bobomiz shu qisqagina asar orqali xalq koʻzini ochib, ilmning moddiyatdan ustunligini sahnada koʻrsatib beradi.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 20 000
🚚 Buyurtma berish⤵️: @umar_mansur
🌐 Telegram kanal: @kitob_bogi
Napoleon Xill " 52 hafta uchun reja "

📚 Napoleon Xill kishilarning o‘z ichki imkoniyatlari va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, natijada ruhan va maʼnan sog‘lom, boy bo‘lishga yordam beradigan bir yillik reja tuzishni taklif qildi. 52 hafta uchun tuzilgan 52 hayotiy reja Napoleon Xillning o‘zini maʼlum va mashhur qildi. Mazkur qoidalar asosida o‘z hayotlari va faoliyatlarini yo‘lga qo‘ygan kishilar haqiqatan yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan. Siz ham sog‘lom, baxtli, badavlat bo‘lishingiz mumkin. Bularning bariga erishish uchun istak va kuchli xohish bo‘lsa kifoya. Mazkur kitobda keltirilgan omadli bo‘lish qoidalari hayotiy maqsadlaringizni amalga oshirishda, oldinga harakatlanishda sizni behad ruhlantiradi.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 15 000
Buyurtma berish uchun: @umar_mansur
Telegram kanal : @kitob_bogi
📕 Chimen Erengezgin, "Majburmanmi?"

📚 Kitob haqida

Ushbu kitob bajarishimiz shart bo'lmagan har bir harakatimizni nazoratga olish, ongimizga singdirilgan va o'zimizni majbur his qildiradigan bo'sh nutqlarni qaytadan ko'rib chiqish, tajribalarimizga yangi nuqtayi nazardan baho berishimiz uchun yozilgan. Unda chuqur mulohaza yuritib, bajarganlarimizni hisob-kitob qilishimiz, shu paytgacha zimmamizga yuklangan barcha vazifalarni, me'yorga solingan iboralarni qayta qurishimizga imkoniyat yaratilgan.

Bizni kuzatib boring! 😊
Narx: 35 000
Buyurtma berish:@umar_mansur
Telegram kanal : @kitob_bogi
2025/02/24 23:11:11
Back to Top
HTML Embed Code: