#Kitobdan
Tabibga ishim tushmasin desangiz
Birov tabiblardan iltimos qildi:
– Menga salomatlik uchun zarur bo‘ladigan narsalardan aytsangiz, toki tabib va dorilarga ishim tushmasin.
Tabiblar unga quyidagicha javob berdilar:
– Biror kasalingiz bo‘lmasa, yana ham yaxshiroq bo‘lay deb behuda dori ichmang; pishib yetilmagan mevalardan yemang; ovqatni maydalab chaynashga urining, nimaiki yoqsa, o‘shandan tanovul qiling; ovqatdan so‘ng sovuq suv ichmang; qorningiz to‘q bo‘lsa ham ustiga-ustak ovqat yemang, kunduzi ovqat yegandan keyin uxlamang, kechasi yeganda esa, darrov yotib olmay, bir oz u yoqdan bu yoqqa yuring.
©️ "Sharq hikoyat va rivoyatlari" kitobidan.
📚 @kitob_nuri

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinlaringizga ulashing va foydali kitoblardan bahramand bo’lishiga sababchi bo’ling!
Yuksalish kitobxonlari jamiyatiga a’zo bo’lish uchun
https://www.tgoop.com/+2k-WDgD2dl4zZTYy
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayol
• Mahbubiydan so‘radilar:
- Ayolni ta’riflab bering!
• Mahbubiy javob berdi:
- Ayolning tabiatan qalbi sofdir. Aqli esa noqis yaratilgan bo‘lsa-da, dahodir. Agar u qalbi bilan sevib muomala qilsa martabangni osmonlarga yuksaltiradi. Ammo sendan nafratlanib, senga qarshi aqli bilan muomala qilsa ertangi tongni ko‘rmasliging mumkin!
• Shunday ekan ayolning qalbidan joy ol, o‘sasan!
• Aqlini noqis, deb o‘ynashma, o‘lasan!

Gunohlar lazzatlidir. Chunki u nafs tabiatiga muvofiq keladi. Siz g‘iybatni eshitish va unda ishtirok qilishda lazzat topasiz. Chunki u sizga yomonligini zikr qilgan kishidan yaxshi va afzal ekaningizni his qildiradi. O‘g‘irlik mazalidir. Chunki unda molga mashaqqat va qiyinchiliksiz ega bo‘lish bordir. Zino rohatdir. Chunki unda nafsga havosini berish, shahvoniyatiga yetishish mavjuddir. Imtihonda aldov lazizdir. Chunki u muvaffaqiyatga oson erishtiradi. Qanday bo‘lsin majburiyatdan qochish nafsga yoqimlidir. Chunki rohat va tanballik undadir.
Lekin inson tafakkur qilgan va aqlini ishlatgan paytda, bu muvaqqat hurriyat uning ortidan keladigan jahannamning benihoya tutqunligiga, harom qilingan bu lazzat esa, so‘ngidagi azobga teng kelmasligini anglaydi.
Shayx Ali Tantoviyning “Islom diniga umumiy ta’rif” kitobidan

#Tafakkur
Agar notanishlar ham sizni bilishini istasangiz qishloqda yashang. Agar tanishlar ham sizni bilishini istamasangiz shaharda yashang.©️
📚 @kitob_nuri
Agar notanishlar ham sizni bilishini istasangiz qishloqda yashang. Agar tanishlar ham sizni bilishini istamasangiz shaharda yashang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan
Tez shamollash sababi.
Bir tabibdan so‘radilar:
– Nima uchun ba’zi kishilar tez-tez shamollaydilar?
– Kim yaxshi uxlamasa, asabi buziladi, kimning asabi buzilsa, eti uvishadi, kimning eti uvishsa, tez shamollaydi, – deb javob berdi u.
©️ "Sharq hikoyat va rivoyatlari" kitobidan.
📚 @kitob_nuri
Tez shamollash sababi.
Bir tabibdan so‘radilar:
– Nima uchun ba’zi kishilar tez-tez shamollaydilar?
– Kim yaxshi uxlamasa, asabi buziladi, kimning asabi buzilsa, eti uvishadi, kimning eti uvishsa, tez shamollaydi, – deb javob berdi u.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan
OVQATLANISH ODOBI.
Bir tabib notanish kishining ovqat ichishini ko‘rib:
– Ovqatdan so‘ng sizning kekiradigan odatingiz bormi? – deb so‘rabdi.
– To‘g‘ri aytasiz, lekin bu odatimni qayerdan bildingiz?
Shunda tabib debdi:
– Siz ovqatni xo‘rrilatib ichar ekansiz, bunaqada ovqat bilan havo ham yutiladi. So‘ng bu havo kekirish orqali chiqib ketadi. Ovqatni sekin og‘izga olish, chaynash va yutish lozim.
©️ "Sharq hikoyat va rivoyatlari" kitobidan.
📚 @kitob_nuri
OVQATLANISH ODOBI.
Bir tabib notanish kishining ovqat ichishini ko‘rib:
– Ovqatdan so‘ng sizning kekiradigan odatingiz bormi? – deb so‘rabdi.
– To‘g‘ri aytasiz, lekin bu odatimni qayerdan bildingiz?
Shunda tabib debdi:
– Siz ovqatni xo‘rrilatib ichar ekansiz, bunaqada ovqat bilan havo ham yutiladi. So‘ng bu havo kekirish orqali chiqib ketadi. Ovqatni sekin og‘izga olish, chaynash va yutish lozim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur
JALOLIDDIN RUMIY HIKMATLARI⤵️
Qumning bir zarrasiman, ammo bepoyon cho‘lning dardini ortmoqlab yuribman.
Tuproqdan keldik, tuproqqa ketarmiz. Muhimi dunyoda kirlanmaslikdir, ko‘ngilni pok tutmoq, dilga kir yuqtirmaslikdir...
Agar taqdir etsa Alloh - qo‘l ham olib kelar, yel ham olib kelar, sel ham olib kelar. Gar taqdir etmasa Alloh - qo‘l ham olib ketar, yel ham olib ketar, sel ham olib ketar....
Haqqa yetmoq istasang, ko‘ngillarni qozonmoqni maslak aylagin, buning uchun saroylarda marmar bo‘lma, bir tuproq bo‘lginki, bag‘ringda gullar yetishsin...
Unutma! Iymonda ketmoq, jannatga erishmoq uchun bir umr lozim, bularning baridan ayrilmoq, kufrda ketmoq uchun bir lahza kifoya.
Yaxshilik izla, to‘g‘rilik izla, go‘zallik izla, ammo ayb izlama.
Savdosi, sarmoyasi, mol-dunyosi ko‘p odamning imtihoni ham og‘ir bo‘lur.
Ishqi ulkanning imtihoni ham zalvorlidir.
Go‘zalligingga quvonma, uni bir so‘gal buza olar, mol-mulkingga quvonma, uni bir ofat olib ketar. Robbingga quvon, u hammasiga kifoya etar...
Insonlarni kitob kabi anglang. Muqovasiga qarab aldanmang, ichini o‘qib chiqqachgina mohiyatini bilarsiz...
Gilamni kaltak bilan qoqmoq gilamga ozor bermoq uchun emas, gilamni poklamoq uchundir. Alloh senga tashvish berar ekan, seni imtihon qilib tozalar, changu g‘uboringni ketkazar. Qayg‘urma...
Aqlim har kun tovba qilar. Nafsim har kun tovbamni buzar. Ikkisining orasida qolgan bir bechoraman. Yaxshiyamki, Robbim, sening dargohing bor...
Qof tog‘i qadar yuksakja bo‘lsang-da, bir kafanga sig‘ar darajada kichiksan. Unutma, har narsaning hisobi bor, qarzingni uzguning qadar uzilursan...
Gul deganing nima sening? Uch-to‘rt tikon, biroz yaproq,
Nedur sen sevgan bu hayot? Uch-to‘rt nafas, so‘ngra tuproq...
Ichingni tashingdan ham ko‘ra ko‘proq pokla, obod qil, chunki tashingni xalq (maxluq) ko‘radi, ichingga Alloh (xoliq) ko‘radi...
Johil kishi qarab turib gulning go‘zalligini ko‘rmas, tikonlariga tikilur.
Inson bir daryo kabidir, sathi ko‘rinib turadi, tubida ne bo‘ronlar qo‘par, ne po‘rtanalar toshar, so‘zlamas, jimgina oqar va ketar...
Adolat nedur? Gulni sug‘ormoqdir.
Zulm nedur? Tikonlarni sug‘ormoqdir.
Hayot olganing qadar nafasdir, hayot qolganing qadar qafasdir, hayot tolguning qadar havasdir...
Robingga qarab: "Mening buyuk dardim bor" - dema, dardingga qarab: "Mening buyuk Robbim bor", - degin...
Gulning go‘zalligi - urug‘ining pokligidan, insonning go‘zalligi qalbining pokligidandir
Ishqni biyron sayrayotgan bulbuldan emas, sassiz-sadosiz jon berayotgan parvonalardan so‘ra
Milliardlab yerga bir-bir alohida yog‘ilayotgan, bir-birini turtmasdan yerga ayro‘ tushayotgan qor uchqunlari oxiri oxirat bo‘lgan dunyo yo‘llarida milliardlab insonlar bir-biriga zarar bermay, xalaqit qilmay yashashlari, harakat qilishlari mumkinligini anglatadi, axir...
Ba’zan mas’umligimizga farishtalar havas qiladi, ba’zan johilligimizdan shayton qocharga joy topolmaydi... Dunyoga kelganimizning asosiy g‘oyasi – Allohni tanimoq, iymon keltirmoqdir.
Hech bir narsa ko‘ringani kabi emasdir, bugun senga hayot bergan suv ertaga seni cho‘ktira oladi ham.
Ovozingni ko‘tarma, so‘zingni yuksaltir - yaproqlarni yomg‘irlar o‘stiradi, gumburlagan momoqaldiroqlar emas.
Odamlar seni o‘z manfaatlari uchun harakat qildirishni istaydi, Alloh esa sen o‘z manfaating uchun harakat qilishingni istaydi.
Tilingni tarbiya qilishdan avval dilingni tarbiya qil. Chunki so‘z tilga dildan chiqib keladi.
Chumolilarning g‘imirlashini biladigan, sasini ham eshitadigan Alloh, qalblarimizning astoydil faryodini eshitmaydimi?! Albatta eshitadi...
📚 @kitob_nuri
JALOLIDDIN RUMIY HIKMATLARI

Muhammad ibn Is'hoq aytadi: “Madinada bir guruh insonlar istiqomat qilardilar. Ular nimaning hisobiga yashayotganlarini va ularga kim yegulik yetkazib berayotganini hech kim bilmasdi. Zaynul Obidin ibn Husayn vafot etgach, bu yeguliklar kelmay qoldi. Shunda bilishdi, yeguliklarni u kishi kechasi berib ketar ekan. Zaynul Obidinni dafn etayotganlarida, uning yelkalarida beva va miskinlar uchun yuk tashishdan qolgan izlarni ko‘rishdi”.

AJAB
Imom Buxoriy rohimahullohning "Adabul mufrad" nomli hadis to‘plamida keladi:
"Qalblar yaqinligidek ajoyib narsa yo‘q!".
Muhabbatda sabab qidirmang. Bu Allohning ishi. Alloh ekkanini bandasi sug‘urib ololmaydi!
Qancha-qancha biz suyadigan insonlar bor. Ular bilan oramizda bir qancha shaharlar bor. Ammo bu shaharlar va uzoq masofalar bizni ajrata olmaydi.
Qancha-qancha er-xotinlar bor. Boshlari bir yostiqda, ammo qalblari dunyo va oxirat qadar uzoq.
Bir begona odam bilan uchrashasiz. Bir-ikki suhbatdan keyin begonaligi qolmaydi. U bilan yaqinlashib ketasiz.
Ba’zilar bilan esa bir necha yillardan beri birga yurib, birga turasiz. Ammo ular qalbingiz ostonasidan ichkariga kira olishmaydi.
Ajab! Aql buni sharhlay olmaydi, mantiq esa tushuntira olmaydi!
Robbimiz Nabiyyimiz sallollohu alayhi va sallamga shunday marhamat qiladi:
"Agar yer yuzidagi barcha narsani sarf qilganingda ham ularning qalbini ulfat qila olmas eding. Ammo Alloh ularning orasini ulfat qildi!".
© Abdulqodir Polvonov

Forwarded from Alisher Sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM