Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishq

ISHQ

  Undan so‘rashdi:
- Seni yaxshi ko‘rgan kishini qanday ajratasan?
U javob berdi:
- U butun dunyoga molik bo‘lsada, o‘zini mendan pastda tutadi. Atrofida mingta odam bo‘lsada, meni sog‘inadi. U meni har gal ko‘rganida birinchi marta ko‘rgandek muomala qiladi. U meni xuddi olamda yagona narsadek muhofaza qiladi!

🔴Abdulqodir Polvonov

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bepul va oson RUS tili!
RUS tilini mukammal o‘rganing.
➡️  A'zo bo‘lish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan

🌸 Bugun baxtlisan!

 ✔️ Imon – qayg‘u-g‘amlarni ketkazuvchi, imon – Allohni yolg‘iz deguvchilarning shodligi, obidlarning tasallisidir. O‘tgan narsa o‘tib ketdi, o‘tmish nihoyasiga yetdi, u haqida o‘ylama. Bitilgan qazoi qadarga, taqsimlangan rizq-ro‘zga rozi bo‘l, xavotirni tark et. Ogoh bo‘l! Allohni zikr qilish bilan qalblar orom oladi, gunohlar kamayadi. Gʻayblarni biluvchi Zot rozi bo‘lsa, g‘am-qayg‘ular chekinadi.

✔️ Birovdan rahmat kutma, barcha hojatlar Undan so‘raladi. Hech kimga muhtoj bo‘lmagan mangu tirik Zotning savobi senga kifoya. Tong otgach, tunni kutma, buguning uchun yashab, buguning uchun g‘am chek, ertang uchun g‘am chekma. Chunki bugunning islohi ertaning islohidir. Qalbingni hasad-adovatdan pok tut, qalbingdan nafrat, jirkanishni chiqarib tashla. O‘zingni yaxshi odamlarga yaqin tut. Uyingdagi ishlarga mashg‘ul bo‘l, odamlarga kamroq aralash.

✔️ Kitob eng yaxshi do‘st, kitoblar bilan hamsuhbat bo‘l. Ilmni do‘st tut, ma’rifatga hamroh bo‘l. Koinot tartib-intizomdan iborat. Uy-joy, kiyim-kechak bilan bog‘liq majburiyatlaringda tartibga rioya qil. Badantarbiya bilan shug‘ullan, dangasalik, maqsadsiz hayot kechirishdan uzoq bo‘l hamda bekorchilik, ishsizlikka nuqta yo‘q.

✔️ Tarixni o‘qi, undagi hodisalar haqida fikr yurit, xulosa qil. Hayotingni yangila, yashash uslublarini o‘zgartir, xurofiy odatlardan voz kech. Badbinlik, omadsizlik va ma’yuslikni targ‘ib qiladigan kitoblarni o‘qima. Parvardigoringning mag‘firat daryosi keng ekanini, bandalarini avf etib, tavbalarini qabul qilishini, yomonliklarni yaxshilikka o‘zgartirishga qodir Zot ekanini esla...

✔️ Qur’on bilan yasha, uni yod ol, tilovat qil, tingla, fikr et. Chunki Qur’on barcha g‘am-qayg‘ularning eng yaxshi davosidir. Alloh taologa tavakkul qil, ishlarni Unga topshir, Uning hukmiga rozi bo‘l, Unga murojaat qil, Ungagina ishon.

✔️ Senga zulm qilganni kechir, sendan uzilganga bog‘lan, ehson qil, zolimlarga halim bo‘l, osuda hayot kechirasan. Kelajakka ishonch bilan qara, noumid bo‘lma. Alloh ixtiyorida ekaningdan xursand bo‘l, chunki sen g‘am-alam yoki shod-xurramlikning qaysi biri senga foyda ekanini bilmaysan. Balo-ofat seni Alloh taologa yaqinlashtiradi, duoni o‘rgatadi, sendan kibr, manmanlik va faxr tuyg‘ularini ketkazadi.

✔️Gumon-shubhalardan, buzuq fikr-xayollardan uzoq bo‘l. Dunyo g‘am-anduh, tashvish va xavotir hovlisidir. Alloh taolo senga yetgan g‘am-anduh, ochlik, faqirlik, kasallik, musibatlarning barchasiga ajr-mukofot beradi. Musibat ko‘zlarni ochib, qalblarni uyg‘otadi, nafsni tiyadi, qullikni eslatib, savobni oshiradi. Falokatni kutma, mish-mishlarga ishonma, uydirmalarga taslim bo‘lma...

✍️ DoktorOiz Qarniyning “Mahzun bo‘lma” kitobidan

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Arab tilini ana boshlayman, mana boshlayman deganlar uchun o‘sha kun keldi!
➡️ Arab tili 0dan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mundarija
#Audiokitob
"So‘nggi to‘fon"
✍️ Ahmad Lutfiy Qozonchi

Ahmad Lutfiy Qozonchi avvalgi asarlarida bo‘lgani singari "So‘nggi to‘fon" romanida ham maktab o‘quvchisi Hasan va uning mushtipar onasining boshidan kechirganlari orqali Alloh har bir bandasiga hamisha mehribon ekanligini taʼkidlaydi. Jabrdiyda onaning, begunoh bolaning iltijosi izsiz ketmasligi Lutfulloh amakining ularga beminnat yordam ko‘rsatishi orqali gavdalantiradi. "So‘nggi to‘fon" ramziy-majoziy maʼnoni anglatadi. Romanda Tursunga o‘xshagan yovuz, mehrsiz kimsalar har bir xonadon uchun, jamiyat uchun bamisoli to‘fon deyiladi. Insonga chuqur exhtirom bilan bitilgan "So‘nggi to‘fon" romanini o‘qigan har bir kishining qalbini insoniy tuyg‘ular, o‘ylar qamrab oladi.


▶️ So‘nggi to‘fon (1-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (2-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (3-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (4-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (5-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (6-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (7-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (8-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (9-qism)
▶️ So‘nggi to‘fon (10-qism)

💖 Elektron shaklda o‘qish

⤴️Yaqinlaringizga ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

Shimlarning tizzasini yirtiq bo‘lishi mato yetishmaganidanmi? Yoki axloq muammosimi? Yoki u ko‘p sajdalarning asoratimikin?! ©

📚 @kitob_nuri
#BAXT

• Badbaxtlik Qur’oni karimga amal qilgan millatga yaqinlasha olmaydi.
• Dalil:
«Too Haa. Senga Qur’onni badbaxt bo‘lishing uchun nozil qilmadik».
• «Too Haa» surasi, 1-2-oyatlar.

• Badbaxtlik Robbiga duo qiladigan ummatga yaqinlasha olmaydi.
• Dalil:
«U (Zakariyo): «Ey Robbim, mening suyaklarim mo‘rtlashdi, boshga oq tutashdi, senga duo qilish-la badbaxt bo‘lmaganman».
• «Maryam» surasi, 4-oyat.

• Badbaxtlik onasiga yaxshilik qiladigan farzandga yaqinlasha olmaydi.
• Dalil:
«(Iyso) Meni onamga mehribon qildi va jabr-sitam qilguvchi, badbaxt qilmadi». dedi.
• «Maryam» surasi, 32-oyat.
• Allohim! Bizlarni Kalomingga oshno bo‘lgan baxt sohiblaridan, O‘zinggagina duo qiladigan saodatmand zumradan, ota-onasiga yaxshilik qilib, ikki dunyoda xushnud bo‘ladigan xos bandalaringdan ayla!
• Omin!
• Omin!
• Omin!

©️ Abror Muxtor Aliy

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

Farzand tarbiyasida 700 saboq: Rost va’dalar daftari

Oilamiz katta bo‘lib moddiy sharoitimiz ham kamtarona edi. Dadam oddiy xizmatchi bo‘lsalar-da, aytgan narsamizni olib berishga doim harakat qilar edilar. Agar biz so‘ragan narsaga ayni vaqtda pullari yetmasa: "Bolajonim, hozir bu narsaga pulim yetmas ekan, inshoalloh, oylik olsam, albatta, olib beraman”, derdilar. Ular olib beraman degan narsalarini hech qachon esdan chiqarmasdilar. Biz farzandlarning dadamga aytgan narsamiz, hatto, esimizdan chiqib ketardi. Lekin dadam imkonlari bo‘lganda ikki-uch oy keyin bo‘lsa ham o‘sha narsani olib berardilar. Hammamizning "buyurtma"miz dadamning yodlarida turishiga qoyil qolardik. Buning sirini dadam vafot etganlaridan so‘ng bildik. Men dadamning shaxsiy narsalari turadigan tortmadan bir daftarcha topib oldim. Dadam o‘sha daftarga biz olib bering degan narsalarimizning barchasini yozib borar ekanlar. Daftarcha biz aytgan qo‘g‘irchoqlaru shirinliklar, kiyim-kechaklaru kitob-daftarlar nomi bilan to‘la edi. Hatto aytgan kunlarimiz sanasini ham qayd qilib borar, olib berganlarini belgilab ham qo‘yar ekanlar. Barchamiz bu daftarni yig‘lab o‘qidik. Ayniqsa o‘zim haqimdagilarni o‘qiganimda bo‘g‘zimga nimadir tiqilib qoldi, ovozim ham chiqmasdi. Bu daftarning nomini "Rost va’dalar daftari” desa ham bo‘ladi. Dadam rahmatli rostgo‘y, so‘zida turuvchi, mehnatkash inson edilar. Ularni Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Omin!

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’tining "Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq" kitobidan

📚 @kitob_nuri
#Farzand_tarbiyasi
#Duo

Tarbiyadagi eng ulug‘, fazilatli uslublardan biri - farzandlarga salohiyat tilab duo qilishdir.

Bu xususda Fuzayl ibn Iyozning duolari quyidagicha edi: “Allohim, albatta Sen ogohsanki farzandimni axloq -odobli bo‘lishi uchun ko‘p harakat qilmoqdaman. Lekin bunga qurbim yetmayapti. Ey Alloh! Uni menga (qalbini hidoyatingga burib) odobli qilib bergin!”.

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Vizier | Biznes va Iqtisod
🎉 TANLOV: Har oy – kutubxonangiz uchun yangi kitob! 📚

Hurmatli do'stlar! Biz har oylik konkursimizni e'lon qilishdan mamnunmiz, bu yerda siz o'zingiz xohlagan kitobni yutib olishingiz mumkin! 🌟

Ishtirok etish shartlari:
1. Bizning akkauntlarimizga obuna bo'ling.
2. Ushbu post ostida yutuq sifatida qaysi kitobni olmoqchi ekanligingizni izohda yozing.
3. Ushbu postni do'stlaringiz bilan ulashing va g'alaba qozonish imkoniyatingizni oshiring!

Har oy bir omadli ishtirokchi orzu qilgan kitobini tanlash va qo'lga kiritish imkoniga ega bo'ladi! 📖

Sevimli asaringizni qo'lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! TANLOV har oyning 1-sanasi dan 5-sanasi gacha davom etadi, natijalar esa 6-kuni e'lon qilinadi.

🔥Ishtirokchilar qancha ko'p bo'lsa — shuncha qiziqarli! Omad!🍀

Esda tuting, o'qish – bu o'zingizga bera oladigan eng yaxshi sovg'adir! 😊

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobdan

⚡️ Kasallik qayerdan paydo bo‘ladi?

😎Aniqlanishicha, hayot quvonchlaridan bebahra bo‘lib, doim kimlardandir norozi holda yuradiganlar qonida turli illatlar yuzaga keladi.
😎Odam biron narsani ko‘rishni istamasa, ko‘z nuri zaiflashadi. Shamollab qolganingizda, kimga qanaqa so‘zlarni aytolmagan bo‘lsangiz, qalbingiz to‘rida qanday e’tiroz yoki talablar qolgan bo‘lsa, hammasini to‘kib solish uchun biror usulni o‘ylab toping. Shunda dilingizdagi qo‘rquv, noroziliklar chiqib ketadi. O‘zingizga yoqmaydigan holatlarga uzoq vaqt bardosh berish odatingizni ham tashlang. Ana shunda ko‘nglingiz taskin topadi.
😎Ayollar jinsiy a’zolari kasalliklari ko‘pincha ularning ruhiy siqilishlari, o‘z otalari, erlari, umuman erkak zotidan xafaliklari, o‘zlarining ayollik tabiatlari, o‘ziga ravo ko‘rilgan qismatdan noroziligi sabab kelib chiqadi.
😎Zo‘ravonlik bilan mol-dunyo orttirishga uringan yoki o‘z-o‘zini himoya qilolmaydigan, faqat o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan odamlar baxtsiz hodisalarga ko‘proq uchrashi kuzatiladi.
😎Qahr-g‘azab, nafrat, jaholat vujudni ich-ichidan yemiradi. U, g‘azabingizni birovga sochib, ko‘nglingizni bo‘shatib olganingizda ham, aqldan ozishga, et (pay) cho‘zilishiga, uzilishiga, buyraklarda tosh yig‘ilishiga, niqrisga (podagra), jigar kasalliklariga mubtalo qiladi.
😎Ranj-alam (dilsiyohlik) tanani kemiradi, o‘zining turmush o‘rtog‘idan norozi bo‘lishga, zararli shish o‘sishiga olib keladi.
😎O‘zini aybdor his qilish har qanday og‘riqlarni, alkogolizmni, allergiyalarni qo‘zg‘atadi.
😎Injiqlik, tirnoq ostidan kir qidirish, zaharxandalik, kinoya, hamma narsaga shubha bilan qarash bod xastaliklarini paydo qiladi.
😎Hayotdagi voqea-hodisalar oldida qo‘rquvga tushish mushaklar tirishishi bilan bog‘liq og‘riqlar, yaralar, diqqinafaslik, kamqonlik, hafsalasizlik, shollik, ko‘richak, frigidlikni keltirib chiqaradi.
😎Hamma muammolarimiz boshi bizning dunyoqarashimizda, o‘z-o‘zimizga nisbatan noto‘g‘ri munosabatimizda. Holbuki, shifobaxsh malham o‘zimizda bor. Bu muammolarni aql-tafakkurimiz bilan hal etib, hayotga noto‘g‘ri qarashlarimizni o‘zgartirish orqali salomatlikka erishsak bo‘ladi.

✍️ Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafakkur

Boshqalarni kuzatmang

Bir shaharchaning markazida ikki kishi shirinlik sotardi. Ulardan biri donishmand ziyoratiga bordi. Suhbat asnosida unga savdosi yaxshi bo‘lmayotgani va shu sababli bu yerlardan ko‘chib ketmoqchi bo‘lganini aytdi.
- Do‘koningni nega yopmoqchisan o‘zi - deb so‘radi donishmand.
- Mening raqibim juda ishbilarmon, shu tufayli shaharchadagi hamma uning do‘konidan savdo qiladi. Uning mahsulotlarini sotib oladi.
- Hamma uning moliga xaridor ekanini qayerdan bilasan? - so‘radi donishmand.
- Juda oson. Derazadan doim uning do‘konini kuzataman.
- Butun muammo va kamchilik ham ana shunda. Agar sherigingni kuzatgan vaqtingni o‘z ishing uchun sarflaganingda edi hozir sen undan o‘zib ketgan bo‘larding.....

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 19:32:53
Back to Top
HTML Embed Code: