tgoop.com/kitobijara/4212
Last Update:
Soliha ayol - “Barakadir”?
Bu gapni qanchalik to’g’ri ekanligini, o’zimni ayni damdagi kuzatuvlarimdan bilib boryapman.
Kuzatuv natijalari, rostan ham soliha ayolni nafaqat baraka balki rizqning yarmi, sog’lig’ing, sakiynat beruvchi, ishlaring yaxshi ketishi, karyerangni o’sishi, farzandlaring tarbiyasi, oilang qo’rg’oni, tanang rohati ekanini tushunib boryapman.
Misol qilib olsak:
Birgina gap talashish orqali, orada kelishmovchilik chiqsa, er kishi o’z g’azabini bosa olmasa, ayol bir gapdan qolmasa, natijada er nimadirni sindirsa bu oila budjetiga zarar ya’ni rizq.
Musht qilib devorni, yoki stulni ursa sog’lig’iga zarar.
Shu kayfiyat bilan ishga borsa, ish qilgisi kelmaydi, bu davomli bo’lsa karyeraga zarar.
Er kishi, halolidan topmagan sakiynatni, ko’chadan izlashga tushadi, bu barakaga zarar. (Eng jirkanch ish)
Oilada tinchlik bo’lmaydi, farzand tarbiyasi buziladi.
Xullas, halovat yuqoladi.
Nima demoqchiman?
Soliha ayol nafaqat baraka, dunyodagi yo jannating yo do’zahing bo’lishi mumkin ekan.
Solih er ham shunday.
Ayol bu hamma narsa ekanini, anglayapman.
Alloh barchamizni solih va solihalardan qilsin.
BY Faylasuf mobilograf)
Share with your friend now:
tgoop.com/kitobijara/4212