Telegram Web
Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal
Photo
⚡️NAVBATDAGI O'RGANISH ISHLARI NURAFSHON HAMDA O'RTA-CHO'L MAHALLALARIDA BO'LIB O'TDI

Xabar berib borayotganimizdek, tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi ishchi guruh tuman mahallalarida bo'lib, unda aholi murojaatlari bilan ishlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga biznes loyihalarni tayyorlashda konsultativ ko‘mak berish, aholi bandligini ta’minlash, mahallaning “o‘sish nuqta”larini aniqlash va xonadonma-xonadon yurish va odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali mahallani iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish, oilalarning daromad manbalari, daromadli mehnat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqish yo‘nalishlarini xonadonbay o‘rganish, jinoyatchilikni oldini olish, hududlar obodligini ta'minlash kabi dolzarb masalalar mahalla faollari hamda mutasaddilar ishtirokida tahlil qilinmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 5-fevral kuni tumanning Nurafshon hamda O'rta-cho'l mahalla fuqarolar yig'ini faollari bilan tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi  Otabek Qazoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, tashkilot va korxona rahbarlari, "mahalla yettiligi" hamda faollar ishtirok etdi. Dastlab ishchi guruh tomonidan  olib borilgan o'rganishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Tuman hokimi tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan "mahalla yettiligi" bilan belgilangan vazifalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek mahalla nuroniylari hamda faollari bilan birma-bir muloqot qilinib, taklif va mulohazalar tinglandi.

Muhokama so'ngida tuman hokimi mas'ullarga hamda mahalla yettiligiga mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaat va takliflarini o'z vaqtida hal etish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali

Telegram | facebook | Youtube
#Kun_hikmati

Ma'naviyat yuksalmagan joyda buyuk insonlar bo'lmaydi.

|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali

Telegram | facebook | Youtube
Ko'chma savdo joylari "E-auksion" elektron savdo platformasida 36 oy muddatga sotiladi.

🔘 Kogon shahrida 364 tа
▪️ Buxoro tumanida 175 tа
🔘 Kogon tumanida 48 tа
▪️ Vobkent tumanida 86 та
🔘 Romitan tumanida 311 tа
▪️ Gʻijduvon tumanida 386 tа
🔘 Jondor tumanida 80 tа
▪️ Qorovulbozor tumanida 100 tа
🔘 Qorako‘l tumanida 188 tа
▪️ Olot tumanida 90 tа
🔘 Peshku tumanida 80 tа
▪️ Shofirkon tumanida 109 tа

Eslatma!
Savdolarda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar. Har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin.

Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)
+998992072604 +998992073604

|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali

Telegram | facebook | Youtube
КОГОН ТУМАНИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ИЖОБИЙ ЕЧИМ ТОПМОҚДА

Когон туманида аҳоли саломатлигини янада яхшилаш, ногиронлиги мавжуд фуқаролар учун тиббий ижтимоий хизматлар кўламини кенгайтириш борасида туман ҳокимлиги ҳамда туман Инсон ижтимоий хизматлар маркази хамкорлигида бир қатор хайрли ишлар амалга оширилмоқда.


Хусусан туманнинг Сараён маҳалласида яшовчи Хосият Шушакова ёлғиз яшовчи ўзгалар парваришига мухтож фуқаро тизза бўғими ортроз касаллиги мавжудлиги сабабли юришга қийналади. Шуларни инобатга олиб, туман инсон ижтимоий хизматлар маркази томонидан замонавий электрон юритмали аравача Хосият опа Шушакова хонадонига етказилди.

Туман ҳокими Отабек Қазоқов масъуллар ҳамроҳлигида фуқаро хонадонига ташриф буюриб, у билан суҳбатда бўлди. Давлатимизнинг ғамхўрлигидан мамнунмиз, эндиликда ушбу аравача билан ҳовлида, кўчада мустақил ҳаракатлана оламан дейди - Хосият Шушакова туман ҳокими билан суҳбатда.


|Когон туман ҳокимлиги расмий канали

Telegram | facebook | Youtube
Kogon: “Niyozhoji” mahallasida yana bir tashabbuskor qandolat sexini ochdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
2025/02/06 13:31:19
Back to Top
HTML Embed Code: