tgoop.com/kompyuter_bilimlari/1931
Last Update:
Default apps - Standart ilovalar nima?
✅ Aytaylik kompyuteringizda ikki yoki uchta musiqa pleyeri bor. Masalan, AIMP, MusicBee hamda Groove Music Player. Agar kompyuteringizdan qo'shiq qo'ysangiz, kompyuter qo'shiqni qaysi musiqa pleyerida ochadi? Albatta, musiqa ochish uchun standart tanlangan musiqa pleyerida ochadi.
👑 Chunki kompyuter bir vaqtda bir nechta musiqa pleyerini ocha olmaydi. Shu sabab kompyuteringizda aynan bir musiqa pleyer "qirol" vazifasini bajaradi.
🤴 "qirol"ni esa siz tanlaysiz yoki agar kompyuteringizga yangi Windows o'rnatgan bo'lsangiz "qirol" musiqa pleyeri Groove Music Player bo'ladi.
⚙️ Standart ilovalarni belgilash uchun Settings > Apps & features > Default apps-ga o'tiladi va u yerdan siz rasmlarni, musiqalarni, video fayllarni, hamda, linklarni ochuvchi standart ilovalarni belgilashingiz mumkin.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/1931