tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2173
Last Update:
O'zbekistonda ilk bor eSIM texnologiyasi ishga tushirildi
🆕 Endi O‘zbekistonda eSIM (embedded SIM – "o‘rnatilgan SIM-karta") imkoniyatlarini sinab ko‘rish mumkin. Xizmat faqat Mobiuz mobil operatori tomonidan eksklyuziv ravishda taqdim etilmoqda.
📱 eSIM smartfon yoki planshetga avvaldan o‘rnatilgan modul bo‘lib, qandaydir qo‘shimcha joy talab qilmaydi hamda mobil qurilmada ko‘plab raqamlardan foydalanishga imkon beradi.
🛠 eSIM-ni olib tashlash, buzish yoki yo‘qotib qo‘yishning iloji yo‘q, chunki u smartfon yoki planshet mikrosxemasiga o‘rnatilgan.
5️⃣ eSIM bitta smartfonda odatiy SIM-kartasiz beshtagacha raqamdan foydalanishga imkon beradi va boshqa bir qator afzalliklarga ega.
🔸 Batafsil ma'lumotlar: link
©️ Eng so'nggi IT yangilikalari: @kompyuter_bilimlari
BY Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/kompyuter_bilimlari/2173